Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   462
LUG\'AT

 
SEPARATIZM 
(fr
. separatisme
- ajratilgan) — ajralishga, alohidalikka intilish; 
davlatning bir milliy, diniy, etnografik, siyosiy, iqtisodiy sabablarga ko‗ra, ajratib olib 
yangi davlat tuzilmasi tuzish yoki mamlakatning bir qismini muxtoriyatga aylantirish 
harakati. Ko‗proq kichik millatlarning mustaqil davlat tuzishga intilishida namoyon 
bo‗ladi. S.ning kuchayishi yoki pasayishi tashki va ichki omillarga bog‗liq bo‗ladi. 
Mamlakat hududida har bir millat, elat, xalqning manfaatidan kelib chiqib siyosat 
yuritilsa, ularning har tomonlama rivojlanishi, o‗zini shu mamlakatning teng huquqli 
fuqarosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, siyosiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan 
bo‗lsa, S.ga o‗rin qolmaydi va aksincha. Ko‗pincha ichki sabablarni kuchaytiruvchi, gij-
gijlovchi, o‗z maqsadlari yo‗lida foydalanuvchi kuchlar S.ning paydo bo‗lishi va 
kuchayishiga olib keladi. Tarixda S. harakatlari ko‗p bo‗lgan, ular aksariyat hollarda 
mojarolarga, nizolarga olib kelgan va fuqarolar urushi orqali kechgan. Mas., Rossiyaning 
Chechenistonidagi, Turkiyaning kurdlar, Ispaniyaning basklar yashaydigan hududlari, 
Kanada Kvebekidagi harakatlari S.ning ko‗rinishlaridan hisoblanadi. S. milliy ozodlik 
harakatidan farqlanadi. 
SERTIFIKAT 
(lot. 
sertum
– aniq va 
facere
- qilmoq) — 1) davlat organlarining 
moliyaviy majburiyati, zayomi; 2) sug‗urta S.i - sug‗urta shartnomasi shartlarini 
ifodalaydigan hujjat; sug‗urta polisi o‗rniga o‗tadi; 3) omonat (depozit) S.i - bankka 
qo‗yilgan omonat summasini tasdiqlovchi qimmatdor qog‗oz va belgilangan muddat 
o‗tgach, omonatchi (S. saqlovchi)ning omonat summasini va S.dan shartlashilgan 
foizlarni S. bergan bankda yoki uning boshqa istalgan shoxobchasida olish huquqi; 4) 
mahsulot sifatiga guvohlik beruvchi hujjat, unda mahsulotning sifati, xususiyatlari, 
foydalanishga oid ba‘zi ko‗rsatmalar, mahsulot ishlab chiqarilgan joy yoki firma nomi, 
shuningdek, mahsulotning xavfsizligi va yaroqliligiga oid ma‘lumotlar aks etgan bo‗ladi. 
Shuning uchun ham ko‗p hollarda sifat S.i deb ham ataladi.
SESSIYA 
(lot. 
sessio
- yig‗ilish) — vakolatli organlar (mas., O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, mahalliy kengashlar), sud, ilmiy muassasa, jamoat 
tashkilotlarining yig‗ilish o‗tkazayotgan davri. Vakolatli organlarning S.lari bir yilda 
necha marta chaqirilishi qonun bilan belgilanadi. Bundan tashqari navbatdan tashqari, 
favqulodda S.lar ham chaqirilishi mumkin. Mas., O‗zbekiston Respublikasida 


258 
―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‗g‗risida‖gi 
Konstitutsiyaviy qonunning 10-moddasiga ko‗ra, Qonunchilik palatasining navbatdagi 
S.lari, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi 
oxirgi ish kuniga qadar o‗tkaziladi. 
SEYM 
(polyakcha - 
sejm
) — 1) Polsha, Litva, Chexiya va Sharqiy Yevropaning 
boshqa ayrim davlatlaridagi tabaqaviy-vakolatli organlar; 2) Polsha, Litva (1922-40 y., 
1992 y.dan) va Latviyada (1922-34) oliy qonun chiqaruvchi organning nomi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin