Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


SENATOR (lot.  senator  - senat a‘zosi) — parlamentning yuqori palatasi a‘zosi.  SENZ



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə339/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   462
LUG\'AT

SENATOR
(lot. 
senator 
- senat a‘zosi) — parlamentning yuqori palatasi a‘zosi. 
SENZ 

 
shaxslarga muayyan siyosiy huquqlaridan foydalanishda qo‗yiladigan 
cheklovchi shartlar. Mas., saylov senzi, yosh senzi, mol-mulk senzi. 
SENZURA
(lot. 
censura
) — matbuot ustidan davlatning maxsus nazorati. 
Televideniya, radio, kino, foto, tasviriy, musiqa, veb-sayt, portal, nashrlar va boshqa 
informatsiya tarqatuvchi manbalarni, ularda namoyish etiladigan axborotlarni davlatning 
maxsus organlari tomonidan cheklash, ta‘qiqlash yoki butunlay bekor qilishning o‗ziga 
xos shakli. Tadqiqotchilarning fikriga ko‗ra demokratik va totalitar davlatlardagi mavjud 
senzura o‗rtasida farqlar mavjud. Jumladan, demokratik huquqiy davlatlardigi senzura 


257 
asosan mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta‘minlash, davlat hokimiyati organlari 
faoliyatinining stabilligini hamda inson huquq va erkinliklarini ta‘minlashga qaratilgan. 
Totalitar davlatlarda senzuraning ahamiyati sezilarli darajada ortadi. Bunda davlat 
nazorat va taqiqilovchi senzurani amalga oshiradi. Bu asosan repressiv organlarining 
manipulyativ, militsiya kabi vazifalari bilan bir vaqtda kechadi. Totalitar davlatlarda 
senzura nafaqat istalmagan axborot tarqalishini chegaralaydi, balki professional ijodiy 
jarayon va fuqarolarning shaxsiy hayotiga ham aralashadi. Senzuraning harbiy, davlat, 
iqtisodiy, tijorat, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy va ma‘naviy shakllari mavjud.
SEPARAT SHARTNOMA 

 
dushman bilan unga qarshi kaolitsiyadagi o‗z 
ittifoqchilaridan alohida tuziluvchi shartnoma. 
SEPARAT SULH 
(lot. 
separatus
- alohida) — urush olib borayotgan mamlakatlar 
koalitsiyasiga kirgan davlatlardan birining o‗z ittifoqchilarini ogohlantirmay yoki 
ularning roziligini olmay, dushman bilan tuzgan sulh shartnomasi yoki vaqtincha yarash 
bitimi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin