Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə337/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   462
LUG\'AT

SAYLOV UCHASTKASI 
— (O‗z.R.da) saylovda ovoz berish va ovozlarni 
hisoblash uchun tashkil etiladigan hududiy birlik va bino. ―O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisiga saylov to‗g‗risida‖ (yangi tahriri, 2003-yil 29-avgust), ―O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida‖ (1991-yil 18-noyabr), ―Xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‗g‗risida‖ (1994-yil 5-may), 
―O‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖ (yangi tahriri, 2001-yil 30-
avgust), ―O‗zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‗g‗risida‖ (1996-
yil 26-aprel)gi qonunlarda saylov uchastkalari tuzish tartibi alohida moddada belgilab 
berilgan. S.u. tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga 
olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‗proq qulaylik yaratish maqsadida tashkil 
qilinadi. S.u. harbiy qismlarda, O‗zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi 
vakolatxonalari huzurida, shuningdek, olis va borish qiyin bo‗lgan yerlarda ham tuziladi. 
S.u., qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko‗pi bilan 3 ming nafar saylovchidan iborat 
etib, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganda, alohida 
hollarda esa, istisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi. 
SAYLOVCHI 

 
saylov huquqiga ega, u yoki bu nomzod uchun yoki biror masala 
yuzasidan saylovda, referendumda ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqaro. 
SAYLOVOLDI TASHVIQOT 
— saylov kampaniyasi davrida amalga 
oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani 
yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat. S.t. nomzodlarning shaxsi, bilimi va 
salohiyatini saylovchilar oldida to‗la namoyon qilishga, saylovchilarni nomzodlar 
dasturlarining asosiy yo‗nalishlari, mazmun-mohiyati va kelgusidagi rejalari bilan 
yaqindan tanishtirishga, saylovchilarni nomzod uchun ovoz berishga ishontirishga 
qaratilgan muhim vosita bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha demokratik 
davlatlarda, shu jumladan mamlakatimizda ham saylovlar jarayonida s.t. bosqichiga 
alohida e‘tibor beriladi.
SEGMENTATSIYA 
— davlat yoki jamiyatda muayyan darajadagi qatlam va 
guruhlarning yuzaga kelishi, ularning biror konsensusga kelmasdan o‗rtada 
konfliktlarning tobora avj olishi. 
SEGREGATSIYA 
(lot. 
segregacio
– ajratish, chetlatish) — irqiy kamsitishning bir 
turi bo‗lib, biron irq yoki etnik guruhni chegaralangan hududga majburlab yoki ixtiyoriy 
yo‗l bilan ko‗chirish yohud alohida maktablar, transport vositalari, xizmat ko‗rsatish 
korxonalari tashkil etish yoki bo‗lmasa, boshqa diskriminatsiya choralari orqali ajratib 
qo‗yish. S. - diskriminatsiyaning alohida ko‗rinishidir. Tarixda qonunlashtirilgan S. 
hollari bo‗lgan. Chunonchi, S. AQSH janubida XIX asr 2-yarmining boshida negrlar 
ozod qilingandan so‗ng XX asrda ham uzoq vaqt saqlanib turdi. JARda XX asrning 90-
yillari boshigacha S.ning eng yomon shakli - aparteid mavjud edi. Irqiy kamsitishning har 
qanday shaklini tugatish to‗g‗risidagi 1965-yilgi xalqaro konvensiyaga muvofiq, unda 


256 
ishtirokchi davlatlar irqiy S. va aparteidni qoralash bilan birga o‗z hududlarida bunday 
tusdagi har qanday harakatga yo‗l qo‗ymaslik, taqiqlash va yo‗qotish majburiyatini 
oldilar. Tarixda yahudiylar, negrlarga nisbatan S. faol qo‗llangan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin