257
asosan mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta‘minlash, davlat hokimiyati organlari
faoliyatinining stabilligini hamda inson huquq va erkinliklarini ta‘minlashga qaratilgan.
Totalitar davlatlarda senzuraning ahamiyati sezilarli darajada ortadi. Bunda davlat
nazorat va taqiqilovchi senzurani amalga oshiradi. Bu asosan repressiv organlarining
manipulyativ, militsiya kabi vazifalari bilan bir vaqtda kechadi. Totalitar davlatlarda
senzura nafaqat istalmagan axborot tarqalishini chegaralaydi, balki professional ijodiy
jarayon va fuqarolarning shaxsiy hayotiga ham aralashadi. Senzuraning harbiy, davlat,
iqtisodiy, tijorat, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy va ma‘naviy shakllari mavjud.
SEPARAT SHARTNOMA
—
dushman bilan unga qarshi kaolitsiyadagi o‗z
ittifoqchilaridan alohida tuziluvchi shartnoma.
SEPARAT SULH
(lot.
separatus
- alohida) — urush olib borayotgan mamlakatlar
koalitsiyasiga kirgan davlatlardan birining o‗z ittifoqchilarini ogohlantirmay yoki
ularning roziligini olmay, dushman bilan tuzgan sulh shartnomasi yoki vaqtincha yarash
bitimi.
Dostları ilə paylaş: