Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   462
LUG\'AT

 


254 
SAYLOV MADANIYATI 

 
saylovchilarning o‗z siyosiy huquqlaridan oqilona 
foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek, ularning hamda saylov 
tashkilotchilarining saylovlarni o‗tkazish, unda qatnashish va ovoz berish chog‗ida 
amaldagi qonunlarga, o‗rnatilgan tartiblarga amal qilishi, saylov qatnashchilarining bir-
birlarini hurmat qilishi. 
SAYLOV OKRUGI 
— davlat boshlig‗i yoki hokimiyatning vakillik organlariga 
saylov o‗tkazish uchun tuziladigan aholi hududiy tashkilotining asosiy bo‗g‗ini. S.o. unda 
qancha deputat saylanishiga qarab, bir mandatli va ko‗p mandatli bo‗lishi mumkin. Har 
bir okrugdan qonunda belgilangan miqdorda deputatlar saylanadi. Dunyo davlatlari 
tajribasiga ko‗ra, saylovni demokratik tamoyillarga muvofiq o‗tkazilishini ta‘minlash 
maqsadida turli xil milliy-ma‘muriy bo‗linishga mos ravishda saylov okruglari tuziladi. 
Ya‘ni davlatning ma‘muriy - hududiy bo‗linish bo‗yicha istiqomat qilayotgan aholining 
o‗z vakillarini davlat hokimiyati organlariga saylash shartlari saylov okruglarida 
belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasining butun hududida O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga 
saylov va referendum to‗g‗risidagi qonunlar asosida Markaziy saylov komissiyasi 
tomonidan saylov tayinlangandan keyin saylov okruglari ro‗yxati ularning chegaralari va 
saylovchilar sonini ko‗rsatilgan holda e‘lon qilinadi. Saylov okruglari har bir saylov 
vaqtida O‗zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng miqdorda 
qilib belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
saylov o‗tkazish uchun 120 ta hududiy S.o. tuziladi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent 
shahar Kengashlariga deputatlar saylashda 60 tadan ko‗p bo‗lmagan, xalq deputatlari 
tuman va shahar Kengashlariga deputat saylashda - 30 tadan ko‗p bo‗lmagan hududiy 
S.o. tuziladi. Har bir S.o.dan Oliy Majlisga, tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta 
deputat saylanadi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning 
ma‘muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin