Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   462
LUG\'AT

SIRKULYATSIYA
(lot. 
circulati
o – aylanma harakat) — uzluksiz almashinish
aylanma harakat. Mas., elitalar sirkulyasiyasi. 
SISTEMA 
(yun. 
systema
- yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) — 1) ish 
harakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning o‗zaro bog‗liqligidagi 
tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va b.ning tasnifi; 3) muayyan tarzda o‗zaro 
bog‗langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmui. Hozirgi davr fan 
va texnika taraqqiyoti xo‗jalikni boshqarish va milliy miqyosda axborotlar to‗plash 
hamda o‗rganishning avtomatlashtirilgan S.larini ishlab chiqish va amalda qo‗llashni 
talab etmoqda. Turli S.larni tadqiq qilish bilan bog‗liq masalalar S.larning umumiy 
nazariyasi, kibernetika, sistemotexnika, sistemali analiz va shu kabilar doirasida 
o‗rganiladi. 
SIVILIZATSIYA
(lot. 
civilis
– fuqaroviy, ijtimoiy) — shakllangan va taraqqiy 
etgan madaniyatning muqarrar taqdiri. S. kengaytirilgan miqyosdagi madaniyatdir. U 
ijtimoiy hayot shakllari ichida eng barqaroridir. S. tushunchasi vujudga kelgan antik 
davrlarda ham, undan keyin kelgan o‗rta asrlarda ham ―silvaticus‖, ya‘ni yovvoyi, qo‗pol 


260 
tushunchasiga qarama-qarshi qo‗yilib, mohiyat jihatidan sivilizatsiyalashgan hayot tarzi 
yovvoyi, varvarcha hayot tarzidan keskin farqlangan. XVIII asrdan boshlab 
―sivilizatsiya‖ tushunchasi tarixchilar lug‗atidan mustahkam o‗rin egallab, keng ishlatila 
boshlandi. Sivilizatsiyaning turli nazariyalari yaratilishi ham shu davrga to‗g‗ri keladi va 
bu jarayon bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Ayni paytda sivilizatsiyaga mavjud 
yangi qarashlar oldingilarini inkor etmay, balki ularni to‗ldirib, ular bilan parallel holda 
mavjuddir. Sivilizatsiyalar nazariyasi va unga tarixiy-falsafiy yondoshuv masalalari XX 
asrda 
M.Veber, 
O.Shpengler, 
A.Toynbi, 
F.Brodel, 
K.Yaspers, 
shuningdek, 
N.Ya.Danilevskiy, K.N.Leontev, P.A.Sorokin asarlarida keng talqin etilib, hozirgi kunda 
ham olimlar tomonidan qo‗llanilmoqda. Bu tushuncha: ijtimoiy rivojlanishning 
yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; umuman kishilik jamiyati 
rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi (mas., neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasi); ma‘lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya; geografik jihatdan farqlanuvchi 
birliklar (mas., Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi); diniy mansubligiga ko‗ra, 
farqlanuvchi birliklar (mas., xristian yoki islom sivilizatsiyasi); kelib chiqishi va planetar 
mansubligiga ko‗ra farqlanuvchi birliklar (mas., Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqari 
sivilizatsiyalar); etnik asosga ko‗ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklar (mas., 
qadimgi Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) kabi ma‘nolarni ifodalash uchun qo‗llanib 
kelmoqda. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin