262
ko‗rsatuvchi omillar inobatga olinadi. Shuningdek, kelajakni aks ettirishning taxminiy va
loyihaviy uslubi.
SIYOSIY DISKRIMINATSIYA
(lot. farqlash, ajratish) — huquqlarda kamsitish
fuqarolar, ijtimoiy guruhlar, davlat tashkilotlari huquqlarining boshqa fuqarolar, ijtimoiy
guruhlar, davlatlar va mavjud qonunlarga nisbatan atayin maxrum qilinishi yoki
cheklanishi. U irqiy, milliy mansubligiga ko‗ra, iqtisodiy ahvoli, siyosiy yoki diniy
e‘tiqodi, qaysi davlat fuqarosi ekanligiga qarab amalga oshishi mumkun.
SIYOSIY ELITA
(fr. eng yaxshi, saralangan) — ancha mustaqil, oliy, nisbatan
imtiyozli, kamchilikni tashkil etuvchi guruh. Bu guruh vakillari yuqori ruhiy, ijtimoiy va
siyosiy sifatlarga ega va hokimiyatni qo‗llash yoki unga ta‘sir etish bilan bog‗liq
qarorlarni qabul qilish, hamda amalga oshirshda ishtirok etadi. Siyosiy elita yorqin
siyosiy rahbarlik sifatlari bilan ajralib turadi. S.e. muayyan sifatlarga yoki hokimiyatga
kuchli ta‘sirga ega ijtimoiy guruhga mansublikni bildiradi. S.e. jamiyat rivojini
maqsadlari va yo‗nalishlarini ishlab chiqadi. U strategik jihatdan muhim qarorlarni qabul
qiladi va ularni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati egalik qilayotgan barcha
manbalarni ishga soladi. Italiyalik ikki olim — G.Moska va V.Pareto va nemis olimi
R.Mixels elitalarni siyosatning alohida sub‘ekti sifatida ajratib, uning amaliy faoliyatini
o‗rganadilar. Ularning ijodi elitologiya faniga
Dostları ilə paylaş: