SIYOSAT SUB‟EKTLARI —
siyosiy faoliyatda bevosita va u yoki bu darajada
ongli ishtirok etuvchi shaxslar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, tashkilotlar.
SIYOSATDA SOG„LOM FIKRLILIK —
siyosiy jarayonlarni xushyorlik bilan,
siyosiy faoliyatda to‗plangan tajribaga suyanib, mulohaza bilan baholash. Siyosiy
hissiyotlardan ustun turgan holda siyosiy qarorlar qabul qilish va siyosiy faoliyatni
tashkil eta olish qobiliyati. S.s.f. - siyosiy maqsad va vazifalarni umuminsoniy qadriyatlar
bilan muvofiqlashtira olish qobiliyati, siyosiy murosa yo‗lini topa bilish, pirovard siyosiy
muvaffaqiyat yo‗lida kelishuvlarga bora olishdir.
SIYOSATNING MAZMUNI — uning maqsadlari va qadriyatlarida, hal
qilayotgan muammolarida, siyosiy qarorlarni qabul qilish motivlari va mexanizmlarida
namoyon bo‗ladi.
SIYOSATNING SHAKLI — uning tuzilishiga ko‗ra tarkibi, unga turg‗unlik,
barqarorlik va odatlar siyosiy xulq-atvorini tartibga solish imkonini beruvchi institutlar
(shu jumladan, huquqiy va tashkiliy me‘yorlar tizimi)dir.
SIYOSIY AKSIYA —
siyosiy maqsadga erishishga yo‗naltirilgan harakat (mas.,
miting, namoyish).
SIYOSIY ANOMIYA — jamiyat azolarining ojizligi va siyosiy apatiya holati;
siyosiy qadriyat va me‘yorlarga individlarning salbiy munosabati.
SIYOSIY ANTROPOLOGIYA —
siyosatning bilogik, intellektual, ijtimoiy,
madaniy, diniy v.x. inson sifatlariga bog‗liqligini, shuningdek, siyosiy tartibning shaxsga
ta‘sirini o‗rganuvchi fan.
SIYOSIY APPARAT — 1) siyosiy yetakchining faoliyati yoki siyosiy
tashkilotlarning vazifalarini ta‘minlayotgan guruh a‘zolari; 2 ) siyosiy tizim vazifalari
ta‘minlaydigan barcha tashkilot va muassasalar.
SIYOSIY ASTROLOGIYA —