Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   462
LUG\'AT

SIFAT USULLARI 

 
tadqiqotda individual tajriba, kuzatish tushunchalarining 
an‘anaviy falsafiy va mantiqiy tahlili usullari, tarixiy qiyoslash, shaxsiy va rasmiy 
hujjatlardan foydalanish, qaydlarni, xulosalarni va tavsiyalarni badiiy publitsistik 
asoslash usullaridan foydalanishga e‘tibor qaratadi. Sifat usullari siyosiy hodisalar, 
jarayonlar va tizimlarining sifatiy jihatlarini tahlil qiladi. Odatda sifat usullari miqdor 
usullari bilan birgalikda qo‗llanilishi mumkin. Sifatli turmushning tushunchasi atrof 
muhitni, odamlar sog‗lig‗ini saqlash, shaharlarning yangilanishi muammolari bilan 
bog‗liq ravishda paydo bo‗lib, keyinchalik ancha kengroq ma‘no kasb etdi. U o‗zida 
odamlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish sifati bilan bog‗liq tomonlarini 
aks ettiradi va ularni inson hayoti standartlari bilan qiyoslaydi. Inson hayotining miqdor 
ko‗rsatgichlarida ifodalanmaydigan tamonlarini o‗rganishda qo‗l keladi. 
SIG„INISH 
— 1) ilohiy kuchga ega deb qisoblangan narsalarga, haqiqiy yoki 
xayoliy mavjudotlarga sajda qilish. Har qanday dinning asosiy elementlaridan biri 
hisoblanadi. Ibodat, tiz cho‗kish, duo o‗qish, iltijo qilish, cho‗qinish, sajda qilish kabi 
xatti-harakatlarda namoyon bo‗ladi. Turli diniy marosimlarni bajarish ham S.ning 
ko‗rinishidir; 2) biron narsa yoki odamni haddan tashqari ulug‗lash (shaxsga S). 
SIKL
(yun. 
kyklos
– doira) — muayyan tizimni tashkil etuvchi va o‗zaro bir-birlari 
bilan bog‗liq bo‗lgan hodisalar, ishlar, jarayonlar yig‗indisi yoki rivojlanishning 
tugallangan doirasi. 
SINDIKALIZM 
(ing. 
syndicate
- uyushma, birlashma) — XIX asr oxiri - XX asr 
boshlarida ishchilar harakatidagi marksizm-leninizm mafkurasiga muxolif yo‗nalish. S. 
ijtimoiy inqilobni amalga oshirishda da‘vo kilingan sinfiy kurashdan, ishchilar sinfi 
diktaturasidan ko‗ra kasaba uyushmalarining ―bevosita harakati‖ - yalpi ish tashlashlarni 
afzal deb hisobladi. Bu oqim shu yo‗l bilan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib 
ularni ishlab chiqarish shirkatlari (sindikatlar)ga mulk qilib berishni o‗z oldiga maqsad 
qilib qo‗yadi. S. o‗z davrida marksizm - leninizm tarafdorlari tomonidan 
anarxosindikalizm, prudonizm, revizionizm singari nomlar bilan qoralangan. Hozirgi 
qator mamlakatlardagi so‗l partiya va harakatlarning g‗oyalari va mafkuralarida S. ta‘siri 
seziladi.
SINDIKAT 
(lot. 
sindicatus
- ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab 
chiqaradigan korxonalar birlashmasi. Mahsulotni yagona savdo tarmog‗i orqali 
birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. S. ta‘sis etgan umumiy savdo 
shirkati S.ning har bir a‘zosi bilan savdo sotiq to‗g‗risida shartnoma tuzadi. Banklar ham 
S. tashkil etishlari mumkin. Bank S.i a‘zolari guruhning har qanday a‘zosi chiqargan 
qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi; 2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar o‗rtasida 
tarqatish uchun qimmatli qog‗ozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga 
rozilik bildirganlaridan keyin S. tuzilgan hisoblanadi. 


259 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin