SEKTA — 1) diniy jihatdan – sekta, mazxab, tariqat, 2) umumiy olganda –
ko‗pchilikdan ajralgan guruh.
SEKTOR (lot.
seco - qirqilgan) — bo‗lak, qism, bo‗linma, soha.
SEKULYAR (lot.
secularis - dunyoviy) — nimanidur cherkov va diniy idoralar
tasarrufidan olish, davlatni dindan ajratish, dunyoviy jamiyat qurish.
SEKULYARIZATSIYA (lot. dunyoviy) — ijtimoiy, siyosiy sohalarning diniy
ta‘siridan xalos bo‗lishi, dunyoviyligi. Cherkov va monastr mulkini tortib olish hamda
uni davlat ixtiyoriga topshirish.
SENAT (lot.
senatus – oqsaqol, keksa) — 1) qadimgi Rim Respublikasi davrida
oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 - 1917 yillarda hokimlik qiluvchi S. - qonun
chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi. XIX asrning 1-yarmidan oliy
sud organi; 1864-yildan esa oliy kassatsiya instansiyasi. Bosh prokuror tomonidan
boshqarib turilgan (uning o‗zi 1802-yildan adliya vaziri). Senatorlarni imperator
tayinlagan; 3) bir qancha davlatlarda (Italiya, Fransiya, AQSH, shuningdek,
O‗zbekistonda ham) parlament yuqori palatasining nomi. Odatda, quyi palataga nisbatan
boshqacha tartibda saylanadi. Federatsiyalarda (mas., AQSHda) har qaysi shtatdan
ikkitadan senator saylanadi; odatda, senatorlarning 1/3 qismi har 2-3 yilda almashtirib
turiladi. Ba‘zi hollarda S. muayyan sud vakolatlariga ega bo‗ladi. O‗zbekiston
Respublikasida S. a‘zolari (senatorlar) Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining
tegishli qo‗shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‗li bilan
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - 6
kishidan saylanadi. S.ning 16 nafar a‘zosi fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida,
davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‗lgan
hamda alohida xizmat ko‗rsatgan eng obro‗li fuqarolar orasidan O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
S.ining (jami 100 senator) vakolat muddati 5 yil. Uning faoliyati O‗zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati
tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‗g‗risida‖gi (2002-yil 4-aprel), ―O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‗g‗risida‖gi (2002-yil 12-dekabr) konstitutsiyaviy
qonunlarga, shuningdek, ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
to‗g‗risida‖gi (2003-yil 29-avgust) qonunga muvofiq tashkil etiladi.