Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   462
LUG\'AT

SAYLOV JARAYONI 

 
saylovlarni tashkil etish va o‗tkazish yuzasidan amalga 
oshiriladigan tadbir va choralar yig‗indisidir. Saylov jarayoni quyidagi bosqichlarda 
amalga oshiriladi: a) saylov kunini belgilash; b) saylov okruglarini belgilash va ularda 
saylov uchastkalarini tashkil etish, saylovchilar ro‗yxatini tuzish; v) siyosiy partiyalar 
tomonidan nomzodlarni ko‗rsatish va ro‗yxatga olish; g) nomzodlar va siyosiy partiyalar 
tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish; d) ovoz berish va ovoz berish natijalarini 
aniqlash; e) saylov natijalarini e‘lon qilish. 
SAYLOV KAMPANIYASI 
— (O‗z.R.da) saylov kampaniyasi boshlanganligi 
haqidagi Markaziy saylov komissiyasi qarori rasmiy e‘lon qilingan kundan boshlab 
saylov natijalari rasmiy e‘lon qilinadigan kungacha bo‗lgan oraliqdagi davr. Ushbu davr 
oralig‗ida maxsus ijtimoiy - siyosiy vazifani amalga oshirish uchun (parlamentda vakillik 
o‗rinlarini egallash va hakazo) uyushtiriladigan va olib boriladigan kurashlar. 
SAYLOV KOMISSIYASI 
— (O‗z.R.da) mamlakat prezidenti va vakillik 
organlariga o‗tkaziladigan saylovlarni tashkil etuvchi maxsus kollegial organ. Saylov 
komissiyalari tizimi, ularni tashkil etish tartibi va vakolatlari, odatda, saylovlar 
to‗g‗risidagi qonunlar bilan belgilanadi. Mas., ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi to‗g‗risida‖gi qonunga ko‗ra, O‗z.R. Prezidenti saylovini tashkil etish va uni 
o‗tkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi: O‗z.R. Markaziy 
S.k.; O‗z.R. Prezidenti saylovini o‗tkazuvchi okrug S.k.; O‗z.R. Prezidenti saylovini 
o‗tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga saylov o‗tkazuvchi saylov komissiyalari tizimi quyidagicha: 
Markaziy S.k.; okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari. O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi — Senatga saylov o‗tkazish uchun 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va har bir viloyatda Markaziy S.k. tomonidan bittadan 
faqat okrug S.k. tuziladi. Xalq deputatlari, viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
o‗tkazish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‗tkazuvchi viloyat S.k.; xalq 
deputatlari tuman Kengashiga saylov o‗tkazuvchi tuman S.k.; xalq deputatlari shahar 
Kengashiga saylov utkazuvchi shahar S.k.; shuningdek, shahar va tuman xalq deputatlari 
Kengashlariga saylov o‗tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. 
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlariga saylovlar vaqtida fuqarolar yig‗inlariga 
amaliy yordam ko‗rsatish vaqtida saylovni tashkil etish va o‗tkazishga ko‗maklashuvchi 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari, shaharcha, 
mavze, qishloq, ovul, mahalla ishchi guruhlari tuziladi. O‗zbekistonda Markaziy S.k. 
doimiy ishlovchi organ. Boshqa komissiyalar faqat saylov o‗tkazish uchun tuziladi va 
saylov tugagach, faoliyati to‗xtaydi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin