Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə330/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   462
LUG\'AT


SABOTAJ 
(fr. 
sabotage
– yog‗och kovush bilan taqillatmoq, poyafzalni bir-biriga 
urish) — 1) shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan ongli holda o‗z xizmat vazifasini 
ataylab bajarmaslik yoki sifatsiz va beparvolik bilan bajarish, ishdan bosh tortish; 2) 
biron bir tadbirni o‗tkazishga zimdan qarshilik, ongli holda amalga oshirilgan 
zararkunandalik. 
SADIZM
— fr. yozuvchisi Markiz De Sad (1740-1814) ismidan olingan. 
Boshqalarning azob chekishidan rohatlanish holati. 
SALTANAT 
(arab.) — 1) sultonlik, yakka xon, amir yoki podsho hukmronligi 
hamda ularning mavqei; 2) mustamlakalari yoki tobe o‗lkalari bo‗lgan yirik davlatlar; 
imperiya.
 
SAMMIT 
— 1) davlat boshliqlarining uchrashuvi, kelishuvi; 2) oliy darajada ikki 
yoki bir necha davlatlar delegatsiyalarining uchrashuvi, kelishuvi. 
SAMODERJAVIYE
(rus. o‗zi boshqaradigan hokimiyat) — Rossiyada oliy 
hokimiyatning monarxiya shaklida idora qilinishi. Bu hokimiyatning namoyandasi 
podsho (sar) yoki imperator hisoblangan. 
SANATSIYA 
(lot. 
canatio
- sog‗lomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan 
qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va b.ning moliyaviy ahvolini yaxshilashga 
qaratilgan davlat va bank chora-tadbirlari tizimi. Asosiy yo‗nalishlari - nochor 
korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki 
faoliyat turlarini o‗zgartirish, o‗z homiyligiga o‗tkazish va b. S. bozor iqtisodiyoti uchun 
tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga ko‗ra, bir korxonaning gullab yashnab ketishi, 
boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. S. orqali davlat bozor iqtisodiyotiga ta‘sir 
etadi. 
SANKSIYA 
(lot. 
sanctio
- qat‘iy qaror) — 1) huquqbuzarga nisbatan 
qo‗llaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. S. xarakteri va qaysi 
organ tomonidan qo‗llanilishiga qarab jinoiy-huquqiy, ma‘muriy-huquqiy, intizomiy-
huquqiy, mulkiy S. ga bo‗linadi. Jinoiy-huquqiy S. (ozodlikdan mahrum qilish, surgun va 
h.k.) faqat sud tomonidan qo‗llaniladi; ma‘muriy-huquqiy S. (jarima, ma‘muriy qamoq) 
militsiya, politsiya, davlat inspeksiyasi va h.k. tomonidan; intizomiy - huquqiy S. 
(lavozimini pasaytirish, ishdan bo‗shatish) — mansabdor shaxslar va ma‘muriyat 
tomonidan; mulkiy S. (mas., qoida buzuvchining jabrlanuvchiga yetkazilgan ziyonni 
to‗lashi yoki jabrlanuvchi foydasiga undirib berilishi, bitim, shartnoma yoki kontraktni 
haqiqiy emas deb topish, neustoyka to‗lash va h.k.) sud, xo‗jalik sudi tomonidan alohida 
chora sifatida yoki boshqa choralar bilan birgalikda qo‗llaniladi; 2) umumiy huquqiy 
normaning mazkur normani buzuvchiga nisbatan ta‘sir ko‗rsatish chorasini ichiga olgan 
bir qismi; 3) jinoyatda gumon kilingan shaxsga nisbatan majburiy chora (qamoqqa olish, 
tintuv va b.) ko‗rish uchun prokuror tomonidan beriladigan ruxsat; 4) xalqaro huquqda 
— o‗z xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatga nisbatan 
qo‗llaniladigan ta‘sir chorasi (qamal, boykot, embargo, repressaliyalar, retorsiyalar va 
b.); 5) yuqori instansiyaning biror narsani tasdiqlashi, ijozati. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin