RIVOJLANISH (siyosiy rivojlanish) — jamiyat siyosiy hayotidagi o‗zgarishlar va
jarayonlar birligi, u siyosiy hayot, siyosiy munosabatlarning takomillashuvi,
murakkablashuvini anglatadi. U 1) sifat va miqdor o‗zgarishlari to‗planib borishi jarayoni
doimiyligini; 2) o‗zgarishlar yo‗nalganligi; 3) o‗zgarishlar to‗planib borishi jarayoni
qonuniyligi kabi belgilarga ega.
ROTATSIYA (lot. aylanma harakat) — hokimiyatning vakillik organlari tarkibini
qisman (bosqichma-bosqich) yangilash. Parlament yoki parlament palatalari tarkibini
ularning faoliyat muddati tamom bo‗lishi munosabati bilan qisman yangilash (qayta
saylash). Mas., Fransiya parlamentining yuqori palatasi Senat 9 yil muddatga saylanib,
har uch-yilda ularning 1/3 qismi yangilanib turadi. AQShda senatorlar 6 yil muddatga
saylanadi, ammo har ikki yilda palata tarkibining 1/3 qismi yangilanadi. Xuddi shunday
Hindiston parlamentining Shtatlar kengashi 6 yil muddatga saylanib, har ikki yilda
ularning 1/3 qismi o‗zgartirilib turiladi. Braziliya parlamenti Milliy kongressining yuqori
palatasi - Federal senat a'zolari 8 yil muddatga saylanadilar, ammo har to‗rt yilda avval
1/3 so‗ngra 2/3 qismi yangilanib turadi. Yaponiya parlamentining yuqori palatasi -
maslahatchilar palatasi 6 yil muddatga saylanib, har uch yilda palata tarkibining yarmi
qayta saylanadilar. Bunda tabiiy ravishda vakolat muddati tamom bo‗lgan parlament
a‘zolarigina R. qilinadi.
ROYALIZM — reaksion siyosiy oqimlardan bo‗lib, qirol hokimiyati va
monarxiyani qo‗llab-quvvatlaydi.
RUHIY PARADIGMA — siyosatni tushintirishdagi tabiiy paradigmalarning bir
turi. U siyosat tabiatini ruhiy omillar orqali tushuntiradi, ya'ni inson ruhiyati, turtkilar,
dunyoni qabul qilish usuli va hakazolar orqali.