Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


SANOATNI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   462
LUG\'AT

SANOATNI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTI 
(YUNIDO) — BMTning 
xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal 
taraqqiy ettirish va rag‗batlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi - Vena (Avstriya) shahrida. 
YUNIDOga 160 ta davlat a‘zo (2010). O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng 
huquqli a‘zo sifatida kirdi. O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida mazkur 
tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi. 
SARDOR 
— 1) Eron, Afg‗onistonda yirik amaldor, qabila boshlig‗i; 2) O‗rta 
Osiyoda qo‗shin qo‗mondoni; 3) Usmonli turk imperiyasida dala armiyasi qo‗mondoni; 
4) Misrda inglizlar hukmronligi davrida Misr hukmdori qo‗shinlariga qo‗mondonlik 
qilgan ingliz zobiti; 
SATELLITET 
(lot. yo‗ldosh, davlat) — boshqa yirik davlatga to‗liq qaram, lekin 
rasmiy jihatdan to‗la mustaqil davlat. 


252 
SATYAGRAXA 
(sanskritcha - haqiqat qatiylikda) — hind xalqining ingliz 
mustamlakasi davridagi kurash shakllaridan biri. M.Gandi tomonidan XX asr boshida 
ishlab chiqilgan. Bunda kurashning turli xil usullari, mutlaqo tinchlik vositalari — 
mitinglar o‗tkazish, hukumatga arznomalar bilan murojaat qilish, ish tashlashlar 
uyushtirish, hukumat farmoyishlarini bajarmaslik, soliqlarni to‗lamaslik, hokimiyat bilan 
hamkorlik qilmaslik, unga itoat etmaslik va umuman kuch ishlatmasdan kurashishni 
bildiradi. S. Dastlab M.Gandi tomonidan XX asr boshida Janubiy Afrikadagi hindlarni 
tahqirlash siyosatiga qarshi o‗tkazildi. Gandi 1915-yilda Ahmadobod shahrida S. 
g‗oyalarini targ‗ib etuvchi markaz ―Satyagraxa ashram‖ni tuzdi. 1918-1922-yillarda 
mamlakatda ko‗tarilgan xalq ozodlik harakati davridan boshlab S. o‗tkazish keng tus 
oldi. S. tufayli Gandi Hindistonning siyosiy hayotida katta shuhrat qozondi. Mamlakatda 
xalq milliy ozodlik harakatining g‗alaba qilishida Gandining S. usuli muhim rol o‗ynadi. 
SAVDO PALATASI 
— iqtisodiyot va savdoni, birinchi navbatda, mamlakatlar 
o‗rtasida tashqi savdoni rivojlantirishga ko‗maklashuvchi xalqaro jamoat yoki davlat 
tashkiloti. S.p. aksariyat hollarda firmalarning ishbilarmon doiralarini birlashtirishga
savdo aloqalarini o‗rnatishga, savdo-sotiq ishtirokchilariga zarur axborotlarni taqdim 
etishga xizmat qiladi. Faoliyati miqyosiga qarab, xalqaro, aralash, milliy S.p.lariga 
bo‗linadi. Aralash S.p. ikki mamlakat ishbilarmonlarini birlashtiradi va mamlakatlararo 
savdo sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlar va korxonalar o‗rtasida samarali hamkorlikni 
kengaytirish va b. xizmat ko‗rsatadi. Milliy S.p. bir mamlakatda tashqi savdo iqtisodiy 
aloqalarni rivojlantirish uchun tuzilgan tadbirkorlarning jamoat tashkiloti, ba‘zan savdo-
sanoat palatasi ham deb yuritiladi. Chet ellarda mamlakat savdo-sanoat ko‗rgazmalarini 
tashkil etish, mamlakatda xorijiy davlatlar savdo-sanoat ko‗rgazmalarini o‗tkazishga 
yordam berish, yangi iste‘mol tovarlarini sanoat o‗zlashtirishiga va savdoga chiqarishga 
yordamlashish, mahsulotlar sifatini ekspertiza qilish va b. vazifalarni bajaradi. XX 
asrning 90-yillaridan ayrim mamlakatlarda milliy S.p. o‗rniga sanoatchilar va 
tadbirkorlar palatasi (Rossiya), tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi 
(O‗zbekiston) kabi tashkilotlar tuzildi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin