SIYOSIY HARAKAT — siyosiy faoliyat shakli. U siyosiy manfaatlarni amalga
oshirish va siyosiy munosabatlarni unga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‗yadi. U
tugal tashkilot tuzilmalariga va qayd etiluvchi a‘zolikka ega bo‗lmasligi, aniq dasturga
asoslanmasligi, rahbar organlarining nihoyatda demokratikligiga asoslanishi mumkin.
S.h.larning ijtimoiy negizi avvalo XIX asr birinchi va ikkinchi yarmida mehnatkashlar
ommasi ahvolining iqtisodiy jihatdan tobora og‗irlashishi natijasida yuzaga kelib,
ishsizlar sonining o‗sishiga sabab bo‗ldi. Natijada kapitalizm vujudga keltirgan zulm va
ekspluatatsiyaga qarshi ommaviy noroziliklar kuchaydi. Bu harakatga 1864-yilda
tuzilgan I Internatsional (1864–1876) nazariy va tashkiliy jihatdan boshchilik qildi.
S.h.larning konservativ, reformistik, revolyusion, konrrevolyusion turlari mavjud:
Konservativ (lot. himoya qilish, saqlash) oqim – burjua sinfi qarashlarini o‗zida jamladi,
xalq ozodligi va progressiv g‗oyalarga qarshi chiqdi. Reformistik s.h. – ishchilar
orasidagi siyosiy oqim bo‗lib, farovon jamiyatga olib boradigan islohotlar yo‗lini qo‗llab-
quvvatladi. Revolyusion s.h. – burjua jamiyatini faqat sinfiy kurash orqali yo‗qotib,
uning o‗rniga proletariat diktaturasi o‗rnatishni maqsad qilib qo‗ydi. Kontrrevolyusion
s.h. – bu inqilobga zid fitna, suiqasd, fuqarolar urushi, sabotaj aktlari, qo‗poruvchilik
bilan kurash olib bordi. S.h.lar iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy kurash shaklida namoyon
bo‗lishi mumkin.
SIYOSIY HAYOT —
odamlarning hokimiyatga doir, o‗zaro aloqalari shakllari,
faoliyati sifatida namoyon bo‗ladi. U doimo moddiy va ijtimoiy–ma‘naviy asoslar bilan
belgilanadi va muayyan tarixiy shaklda namoyon bo‗ladi. Siyosiy hayot o‗z ichiga
siyosat sub‘ektlarini, ularning ehtiyoj va manfaatlarini, munosabat va faoliyatlarini,
siyosiy institutlarni, qoida, ong va madaniyatni, siyosiy hokimiyatga doir aloqalarni
oladi.