SIYOSIY INTEGRATSIYA (lot. yaxlit) — qismlarni siyosiy birlik, tizimga
o‗zaro birlashtiradi, muvofiqlashtirish; ijtimoiy guruhlar tomonidan siyosiy elementlar
muvozanatini, muayyan barqarorligini tutib turish shakli; siyosiy tizim va uning tarkibiy
qismlarining ichki va tashqi yemiruvchi omillar (vositalar)ga qarshi tura olish qobiliyati.
SIYOSIY INTUITSIYA (lot. tikilib qarash) — siyosiy voqealarga baho berishda
va siyosiy qarorlar qabul qilishda dastlabki ilmiy tahlil va asoslashlarsiz, avvalgi siyosiy
faoliyat tajribasiga suyanib ish ko‗ra olish qobiliyati. Siyosiy intuitsiyani ilmiy tahlil,
mantiq, isbotga qarshi qo‗yib bo‗lmaydi, chunki u o‗ziga xos fikrlash usuli.
SIYOSIY IQTISOD — q. Iqtisod siyosat.
SIYOSIY IRODA — sub‘ektning o‗z faoliyat jarayonlarini boshqarishda namoyon
bo‗ladigan siyosiy qobiliyati. Siyosiy irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini
belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo‗l-yo‗riqlarini oldindan aniqlab, ma‘lum
qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo‗ladi.
SIYOSIY ISHONCH —
siyosiy manfaatlar moslashuvi, o‗xshashligiga asoslangan
alohida shaxslarga ham, insonlar jamoasiga ham xos ijtimoiy – ruhiy hissiyot va ahvol.
Ayrim siyosiy arbob va davlat yoki siyosiy tashkilot siyosiy ishonchning sub‘ekti va
ob‘ekti bo‗la oladi.
SIYOSIY ISHTIROK —
ijtimoiy-siyosiy jamoa a‘zolarining ichki siyosiy
munosabatlar va hokimiyat tarkibiga jalb etilganligi hamda siyosiy elitani shakllantirish,
uning ligitimligini tan olish, joriy siyosatni shakllantirish va uning bajarilishini nazorat
etishda ommaning ishtiroki. S.i. to‗g‗ridan-to‗g‗ri (bevosita) va bavosita amalga
oshirilishi mumkin; umumiy va cheklangan; ixtiyoriy va majburiy; an‘anaviy, faol va
passiv; legitim va kolegitim; qonuniy va qonunga xilof bo‗lishi mumkin. Siyosiy elitani
shakllantirish, uning legitimligini tan olish, joriy siyosatni shakllantirish va uning
bajarilishini nazorat etishga ommaning jalb etilganligi ham S.i. hisoblanadi.