SIYOSIY MAHBUS – mavjud tuzumga yoki hukmdorga qarshiligi uchun qamoqqa
olingan shaxs.
SIYOSIY MANFAATLAR — davlat, ijtimoiy harakat, partiya, sinf, guruh va
shaxslarning hokimiyatni saqlab qolish yoki uni egallashga qaratilgan munosabatlar
tizimi.
SIYOSIY MENEJMENT — yuzaga kelgan sharoitda siyosiy jarayonni, xususan
siyosiy sub‘ektlar faoliyatini imkoni bor darajada samarali tashkil etishga doir uyushtirish
va boshqarishdir.
SIYOSIY MILLAT — siyosiy tizimning rivojlanishi, ustivor qadriyatlar,
me‘yorlariga doir yakdil bo‗lgan fuqarolar birligi.
SIYOSIY MONITORING —
muayyan hodisalarni ma‘lum vaqt oralig‗ida
kuzatish va uning yakunida shu hodisaga doir xulosalarni ishlab chiqish. Mas., bir oy
davomida TV kanallarida chiqqan ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar, ularning yo‗nalishini
kuzatish yoki biror faoliyat yunalishida biror partiya amaliyotini kuzatish va h.k.
SIYOSIY MUASSASA — jamiyatning siyosiy va boshqa sohalari faoliyatini
ta‘minlovchi boshqaruv organlari, tashkilotlari, idoralari.
SIYOSIY MULOQOT — siyosiy tizim ichida va tashqi muhit bilan turli vositalar,
shu jumladan, axborot almashuvi orqali amalga oshiriladi.
SIYOSIY MUNOSABATLAR — sub‘ektlarning siyosiy sohada, davlat ishlarida
ishtiroki davomida, siyosiy hokimiyatni amalga oshirish yoki shu bilan bog‗liq tarzda
shakllanuvchi ijtimoiy o‗zaro aloqalar shakli. Sub‘ektlar o‗zlarining individual, guruhiy
yoki umumiy manfaatlarini amalga oshirishlari, davlat vositalari, mexanizmlari va
resurslaridan foydalanishlari jarayonida siyosiy munosabatlar vujudga keladi. Har qanday
ijtimoiy muammo agar u ijtimoiy guruh yoki butun jamiyat manfaati bilan bog‗liq bo‗lsa
va davlat aralashuvini taqozo etsa – siyosiy tabiatga ega bo‗ladi. Ularning ichida: a)
sinflar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar ichidagi munosabat; b) boshqaruv organlari faoliyati
268
natijasida vujudga keluvchi vertikal munosabatlar; s) siyosiy tashkilotlar va muassasalar
o‗rtasida vujudga keluvchi gorizontal munosabatlar ajratiladi.