Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   462
LUG\'AT

SIYOSIY HARAKAT 
— siyosiy faoliyat shakli. U siyosiy manfaatlarni amalga 
oshirish va siyosiy munosabatlarni unga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‗yadi. U 
tugal tashkilot tuzilmalariga va qayd etiluvchi a‘zolikka ega bo‗lmasligi, aniq dasturga
asoslanmasligi, rahbar organlarining nihoyatda demokratikligiga asoslanishi mumkin. 
S.h.larning ijtimoiy negizi avvalo XIX asr birinchi va ikkinchi yarmida mehnatkashlar 
ommasi ahvolining iqtisodiy jihatdan tobora og‗irlashishi natijasida yuzaga kelib, 
ishsizlar sonining o‗sishiga sabab bo‗ldi. Natijada kapitalizm vujudga keltirgan zulm va 
ekspluatatsiyaga qarshi ommaviy noroziliklar kuchaydi. Bu harakatga 1864-yilda 
tuzilgan I Internatsional (1864–1876) nazariy va tashkiliy jihatdan boshchilik qildi. 
S.h.larning konservativ, reformistik, revolyusion, konrrevolyusion turlari mavjud: 
Konservativ (lot. himoya qilish, saqlash) oqim – burjua sinfi qarashlarini o‗zida jamladi, 
xalq ozodligi va progressiv g‗oyalarga qarshi chiqdi. Reformistik s.h. – ishchilar 
orasidagi siyosiy oqim bo‗lib, farovon jamiyatga olib boradigan islohotlar yo‗lini qo‗llab-
quvvatladi. Revolyusion s.h. – burjua jamiyatini faqat sinfiy kurash orqali yo‗qotib, 
uning o‗rniga proletariat diktaturasi o‗rnatishni maqsad qilib qo‗ydi. Kontrrevolyusion 
s.h. – bu inqilobga zid fitna, suiqasd, fuqarolar urushi, sabotaj aktlari, qo‗poruvchilik 
bilan kurash olib bordi. S.h.lar iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy kurash shaklida namoyon 
bo‗lishi mumkin. 
SIYOSIY HAYOT 

 
odamlarning hokimiyatga doir, o‗zaro aloqalari shakllari
faoliyati sifatida namoyon bo‗ladi. U doimo moddiy va ijtimoiy–ma‘naviy asoslar bilan 
belgilanadi va muayyan tarixiy shaklda namoyon bo‗ladi. Siyosiy hayot o‗z ichiga 
siyosat sub‘ektlarini, ularning ehtiyoj va manfaatlarini, munosabat va faoliyatlarini
siyosiy institutlarni, qoida, ong va madaniyatni, siyosiy hokimiyatga doir aloqalarni 
oladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin