Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə356/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   462
LUG\'AT

SIYOSIY PARTIYA 

 
a‘zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o‗z 
a‘zolari va tarafdorlarining siyosiy irodasini ifoda etadigan, shu davlat siyosiy 
yo‗nalishini belgilashda, davlat hokimiyat organlarini shakllantirishda, shuningdek, 
hokimiyatni o‗zining vakillik hokimiyat organlariga saylangan vakillari orqali amalga 
oshirishda ishtirok etishni o‗ziga vazifa qilib olgan institutsional va doimiy faoliyat 
xarakteriga ega bo‗lgan funksional siyosiy tashkilot. Partiyaning aniq yuridik ta‘rifi 
muayyan davlatlar qonunchiligida beriladi va ular mahalliy siyosiy va huquqiy 
an‘analarga ko‗ra jiddiy farqlanishi mumkin. S.p. jamiyat siyosiy tizimining muhim 
qismi, ular davlatning siyosiy yo‗nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning 
vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki S.p. XVII-XVIII asrlar 
inqiloblari davrida paydo bo‗la boshlagan bo‗lsada, S.p.ga o‗xshash jamoa, tashkilotlar 
qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda S.p. 
vazifasini bajargan. Markaziy Osiyoda S.p. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX 
asrning oxiri – XX asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va 
ma‘rifatparvarlarning xalq orasida ma‘rifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish
ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga da‘vat qilish, o‗lkada mustaqil 
milliy davlat yaratish masalasini o‗rtaga qo‗yish borasidagi harakatlari shundan dalolat 
berardi. Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan 
qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha bo‗lgan davrda siyosiy, nazariy va 
tashkiliy jihatdan yetuk S.p. shakllanib ulgurmadi. Oktabr to‗ntarishi arafasida va undan 
keyin o‗zini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatag‗onga 
uchradi, badarg‗a va surgun qilindi. Sho‗rolar davrida esa hukmron kommunistik 
Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin