270
SIYOSIY PSIXOLOGIYA
— jamiyat siyosiy hayotidagi ruhiyat bilan bog‗liq
jihatlarini (kayfiyat, fikr, hissiyot, qadriyatlar va h.k.) o‗rganuvchi sohasi. Ular millatlar,
sinflar, ijtimoiy guruhlar, hukumatlar, shaxslar siyosiy ongi darajasida shakllanadi va
muayyan siyosiy faoliyatda namoyon bo‗ladi. S.p. - politologiya va psixologiya fanlari
chegarasida shakllangan va amal qiluvchi zamonaviy integrativ fan yo‗nalishlaridan biri.
U o‗z tabiatiga ko‗ra siyosiy voqelikni emotsional va hissiy tarzda idrok etadigan siyosiy
ong shaklidir. Siyosiy psixologiya siyosatni hissiy va emotsional tarzda aks ettirib siyosiy
ongning o‗ziga xos ―amaliy‖ darajasi sifatida maydonga chiqadi. U siyosiy voqelikni aks
ettirish xususiyatlariga ko‗ra siyosiy mafkuradan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: