275
E.Bernshteyn
tomonidan asoslab berildi. Sotsial-demokratiya
mafkurasi ijtimoiy
mohiyatiga ko‗ra islohotchi oqimdir. Unga binoan sotsializmga sinfiy kurash orqali,
inqilobiy yo‗l bilan emas., balki tinch, evolyutsion yo‗l bilan - burjua jamiyatni asta sekin
isloh qilish bilan o‗tiladi. Sotsial - demokratlar bu ko‗rsatmalarni amalga oshirishni
davlatning jamiyat iqtisodiy hayotiga faol aralashishni, daromadlarni yo‗qsillar foydasiga
qayta taqsimlash, iqtisodiyotning davlat sektorini va ko‗plab davlat ijtimoiy dasturlarini
rivojlantirish bilan bog‗laydilar. Mazmuni - demokratik
sotsializmga islohotlar
yordamida asta-sekin o‗tish. Belgilari: kundalik va pirovard maqsadlarning insoniyligi,
ijtimoiy kollektivizm. Asosiy g‗oyalari: har qanday diktaturaga yo‗l qo‗ymaslik;
demokratik parlamentarizmga sodiqlik; siyosiy plyuralizm va konsensusga asoslanish;
tinch demokratik vositalar ustunligi; iqtisodning davlat tamonidan
tartibga sorlinishi va
bozor mexanizmlarini rivojlantirish; mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalash. Sotsial-
demokratiya hozirgi zamonning eng ko‗p tarqalgan ta‘sirchan mafkuralaridan biri
hisoblanadi. U ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo‗li bilan jamiyatni sotsialistik
asosda qayta ko‗rishni va xalqning farovonligiga erishishni ko‗zda tutadi.
SOTSIALIZM
(lot.
socialis
- ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy)
mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb
hisoblovchi ta‘limot, siyosiy mafkura turlaridan biri. S. tarafdorlari ana shu yo‗l
bilan
qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. ―S.‖ atamasi birinchi marta
1827-yilda Buyuk Britaniyada ilk bor qo‗llanilgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan
bog‗liq tasavvurlar ―oltin asr‖ to‗g‗risidagi qadimgi g‗oyalarga borib taqaladi. Sotsializm
tenglik, ijtimoiy adolat, umumiy manfaatlarning shaxsiy manfaatlardan ustunligiga
asoslangan jamiyat haqidagi g‗oya sifatida dastavval qadimgi dunyoda paydo bo‗lgan, ilk
xristian jamoalarining hayoti uning negizida qurilgan. Bu g‗oyalarning
asoschisi Platon
hisoblanadi. U ―Siyosat‖, ―Davlat‖, ―Qonunlar‖ kabi asarlarida mohiyatan S.ga o‗xshash
jamiyat to‗g‗risidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini o‗rgangan
Aristotel o‗sha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yo‗qotishga asoslangan jamiyat
taraqqiyot yo‗lining oxiri halokatli ekanligini ta‘kidlagan. Biroq, qadimgi dunyoda
sotsializm g‗oyaviy oqim sifatida shakllanmagan edi. Umumiy tenglik, ―oltin asr‖
borasidagi g‗oyalar keyinchalik utopik (xayoliy) S.ning turlicha ko‗rinishlarida o‗z
ifodasini topdi. U yangi zamonda T.Mor, T.Kampanella, R.Ouen, Sh.Fure, A.Sen-Simon
asarlarida nazariy jihatdan ishlab chiqildi. K.Marks va F.Engels ishlab chiqqan ilmiy S.
deb atalmish nazariyaga ko‗ra, S. kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. S.ga ikki xil
yo‗l bilan erishish mumkin deb qarovchilar bo‗lgan. Mas., T.Mor (1478-1535),
T.Kampanella, G.B.Mabli (1709-85), Morelli (XVIII asr), N. Cherno‗shevskiy, A. Bebel
va b. uni tinch yo‗l bilan amalga oshirish tarafdori bo‗lgan. G.Babyof (1760-97),
M.Bakunin, K.Marks, Parij kommunarlari, V.I.Lenin va b. qurolli qo‗zg‗olon yo‗lini
ilgari surishdi. S.da inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson o‗z
individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U ―omma‖ga aylanib, o‗z ―meni‖ni
yo‗qotadi. Jamiyatda zo‗ravonlik, tobelik kuchayadi. XX asr 20-yillarining oxiri – 30
yillarining
boshida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar
(jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli S. to‗g‗risidagi
tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi,
direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, o‗zgacha
276
fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real
S, yetuk, rivojlangan S.) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar
rejimning
hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy bo‗hronga, dunyoning rivojlangan
mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib
keldi. O‗zbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar,
hunarmandlar,
savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zo‗rlik asosiga qurilgan
quloq qilish, jamoalashtirish siyosati, boshqa ko‗rinishdagi qatag‗onlarni S. qurish
yo‗lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan,
O‗zbekistonga nisbatan ―kapitalizmni chetlab S. ga o‗tish‖ mumkinligi to‗g‗risidagi soxta
ta‘limot ham o‗ylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri – 90-yillari boshida SSSRda va b.
mamlakatlarda boshlangan o‗zgarishlar bozor iqtisodiyotiga
va demokratik jamiyatga
o‗tishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat a‘zolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror
toptirish yo‗lidagi barcha urinishlarga barham berdi.
Dostları ilə paylaş: