274
ommaviy
axborot vositalarida, jumladan, televidenie va radio, matbuotda o‗z
fikrlarini
erkin bayon qilishi, so‗zlashi mumkin. Erkin fuqarolik jamiyatining qonunchilik va sud
amaliyoti S.e. suiste‘mol qilinishining oldini olish maqsadida unga nisbatan muayyan
cheklashlar tizimini ishlab chiqqan. Xususan, jahonning ko‗pchilik davlatlarida S.e.dan
qonuniy davlat hokimiyatini zo‗rlik bilan ag‗darish, davlat siri va qonun bilan muhofaza
qilinadigan boshqa sirni oshkor qilish, jinoyatlar sodir etishga undash, milliy, irqiy, diniy
va b. adovatni keltirib chiqarish, boshqa shaxslarni haqoratlash va tuhmat qilish, jamoat
axloqi va odobilani buzish maqsadida foydalanish man qilinadi. Bu haqda qonunchilikda
tegishli yuridik javobgarlik belgilanadi.
SOHIBQIRON
(arab. saodatli, zafarli, g‗olib) — 1) ilmi nujum (astrologiya) va
afsonalarda — Zuhra va Mushtariy yoki Zuhra va Quyosh
sayyoralarining birlashishi,
ya‘ni ular ekliptikaning ma‘lum bir darajasida to‗qnash kelishi vaqti (qiron)da tug‗ilgan
bola, bunday bolaning baxtli, ulug‗ martabali bo‗lishi oldindan bashorat qilingan; 2)
Sharq
mamlakatlarida, xususan, Eron va Turonzaminda qudratli hukmdor, jahongir
unvoni (Faridun, Chingizxon va h.k.); 3) Amir Temurning sharafli unvoni.
Dostları ilə paylaş: