271
qilishlariga asoslangan xarakterni ta‘minlaydigan turli manfaatlar ziddiyatlari sifatida
namoyon bo‗ladi.
SIYOSIY SOHA
—
muayan jamiyatning barcha munosabatlarini qamrab oluvchi
ijtimoiy hayot bo‗limi. S.s.ni sinflar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar, millatlarning davlat
hokimiyatini egallash, qo‗llash, unga ta‘sir etish munosabatlari tashkil etadi.
SIYOSIY SOTSIOLOGIYA
—
siyosat bilan chegaradosh fanlardan biri. U siyosiy
va ijtimoiy munosabatlarning o‗zaro bir-biriga o‗tishi va aloqadorligini o‗rganadi.
SIYOSIY STEREOTIP
(gr. qattiq iz) — biror siyosiy hodisa to‗g‗risida
soddalashtirilgan, sxematik, obrazli tasavvurlar. O‗zgarishi juda qiyin.
SIYOSIY STRATEGIYA VA TAKTIKA
(gr. qo‗shinni olib boraman va gr.
tartibga solmoq) — siyosiy hayot, siyosiy jarayon va siyosiy kurashda siyosiy partiyalar,
boshqa kuchlar, harakatlar, tashkilotlar ishtirok etishining nazariyasi va amaliyoti.
SIYOSIY TAHLIL
—
ilmiy usul. U butunni qismlarga bo‗lish va ularni sifat yoki
miqdor jihatidan jiddiy o‗rganishga asoslanadi. Tahlil aniqlik kiritish va talqinni nazarda
tutishi mumkin. Mas., muayyan siyosiy kuchlar rivojlanishi, tarkibi, faoliyati, talablari
va harakatlarini bilish maqsadida ularni tarkibiy qismlarga bo‗lib o‗rganish.
SIYOSIY TARBIYA
— jamiyat a‘zolarida siyosiy ongni shakllantirish va
rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat bo‗lib, uning yordamida siyosiy
jarayonlar va siyosiy munosabatlarda bo‗ladigan voqea-hodisalar, o‗zgarishlarning
mohiyati va mazmuni jamiyat a‘zolari tomonidan u yoki bu darajada anglab yetiladi va
ularda siyosatga ongli munosabatda bo‗lish qolibiyatlari shakllantiriladi. S.t.ning
ishontirish; jamiyat a‘zolariga siyosiy ta‘sir etish; namuna bo‗lish usullari va h.k. usullari
mavjud. Radio, televidenie, bosma nashrlar, siyosiy adabiyotlar, muzeylar, siyosiy
mavzularga doir badiiy va hujjatli filmlar siyosiy tarbiyaning vositalari bo‗lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: