278
intilish, qo‗poruvchilik faoliyatii olib borishga urunish, qurollanish poygasini va harbiy
tayyorgarlikni butun choralar bilan tezlashtirish, agressiv
bloklar va ittifoqlar tuzish,
―psixologik urush‖ xarakteridagi targ‗ibotlarni avj oldirish xarakterlidir. Yadro quroli
"sovuq urush" vositasi bo‗ldi. 1962-yildan keyin ―sovuq urush‖ holatidan chiqish
tendensiyasi yuzaga keldi. 1963-yil iyulida Moskva va Vashington (bevosita
Kreml va
Oq uy) o‗rtasida ushbu mamlakatlar rahbarlari har qanday paytda aloqa qilishi mumkin
bo‗lgan to‗g‗ridan-to‗g‗ri telefon liniyasi o‗rnatildi. Bu bir-biriga bo‗lgan ilk o‗zaro
ishonch edi. 1985-yil AQSH va SSSR o‗rtasida strategik jihatdan tenglikka erishildi.
Agar 1965-yil yadro kallaklari soni bo‗yicha nisbat 10:1 ni tashkil etgan bo‗lsa, 1985-
yilda u 11:10 ga teng bo‗ldi. Ayni paytda SSSR strategik hujum qurollari borasida
ilgarilab olgan edi. Jahondagi umumiy ahvol ―Sovuq urush‖ning butunlay o‗zgardi.
Endilikda so‗zsiz g‗alaba qozonish mumkin bo‗lgan biror tomon ortiqcha ustunlikka ega
emas edi. Urush har ikki tomon uchun bir-birini qirib tashlashni anglatardi. Ikki hukmron
davlat o‗rtasida raketa-yadro qurollarini qisqartirish to‗g‗risida muzokaralar boshlandi,
chunki yangi sharoitda ular ilgarigi ahamiyatini yo‗qotdi. 1987-yil
SSSR Prezidenti
M.S.Gorbachevning AQSHga tashrifi chog‗ida kichik va o‗rtacha olislikdagi raketalarni
yo‗q qilish to‗g‗risida Shartnoma imzolandi. Ushbu Shartnomaga ko‗ra Sovet tomoni
1572 ta, amerikaliklar esa 599 ta raketani yo‗q qildilar. Shuningdek,
strategik hujum
qurollarini 50 foiz qisqartirish to‗g‗risidagi kelishuvga ham erishganligini qayd etish
lozim. Har ikki tomon qirg‗in qurollarini de‘montaj qilishga kirishdi. AQSH prezidenti
J.Bush 1991-yil yanvarda Kongressga yo‗llagan murojaatnomasida sovuq urush"
tugaganligini e‘lon qildi. Bu to‗g‗rida
yanada oldinroq, 1990 yil Londonga yig‗ilgan
NATO yetakchilari ma‘lum qilgan edi.
SPIKER
(ingl. notiq) — ayrim mamlakatlarda quyi palataning raisi, ba‘zi
mamlakatlarda parlament raisi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rahbari S. deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasida S.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan saylanadi.
Dostları ilə paylaş: