Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKALARI ITTIFOQI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   462
LUG\'AT

SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKALARI ITTIFOQI
, SSSR, Sovet Ittifoqi 
- sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922-1991 yillarda mavjud bo‗lgan 
mustabid davlat. SSSRni tashkil etish to‗g‗risida deb atalgan Shartnoma (1922)ga 
muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), 
Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkaze respublikalari (ZSFSR) (1936 y.dan 
ittifoqdosh respublikalar - Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston 
SSR), Gruziya (Gruziya SSR));, keyinchalik – 1925-yil O‗zbekiston (O‗zbekiston SSR), 
Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-yil 
Qozog‗iston (Qozog‗iston SSR), Qirg‗iziston (Kirg‗iziston SSR), 1940-yil Moldaviya 
(Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) 
kiritilgan. Mamlakatni tez modernizatsiyalash va b. mamlakatlardagi inqilobiy harakatni 
qo‗llab-quvvatlashni 
maqsad 
qilib 
qo‗ygan 
qat‘iy 
markazlashtirilgan 
va 
harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Davlat va jamiyat hayoti tor 
doiraga solib qo‗yildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan 
reja asosidagina yuritiladigan bo‗ldi, o‗ta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror 
toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 
1991-yil 8-dekabrda Belorussiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari B.N.Elsin, 
L.M.Kravchuk, S.S.Shushkevich Belorussiyadagi Belaya Veja o‗rmonida bitim imzolab, 
SSSR tugatilishini qayd etdilar va Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH) tashkil 
etilganligini e‘lon qildilar.
SOVETOKRATIYA
— Sovet Ittifoqi yillarida bo‗lib o‗tgan, hokimiyat 
turkumlarining xususiyatlariga ishora, neologizm. 
SOVUQ URUSH
— ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan, g‗arb 
davlatlari bilan sotsialistik mamlakatlarning o‗zaro dushmanlarcha bo‗lgan siyosatni 
ko‗rsatish uchun qo‗llangan atama. Sharq va G‗arb mamlakatlariga nisbatan (1945 – 
1991-yillar) qarama-qarshilik, bir-biriga dushmanlik, o‗zaro ishonchsizlikni ifodalovchi 
bosqich. ―S.u.‖ ingliz davlat arbobi U.Cherchillning 1946-yilda AQSHning Fulton 
shahrida so‗zlagan nutqidan boshlab e‘lon qilingan. Cherchill aslida mavjud ahvolni 
saqlab qolishga chaqirgan edi. ―S.u.‖ uchun kuch ishlatish xavfini solish, gegimonlikka 


278 
intilish, qo‗poruvchilik faoliyatii olib borishga urunish, qurollanish poygasini va harbiy 
tayyorgarlikni butun choralar bilan tezlashtirish, agressiv bloklar va ittifoqlar tuzish
―psixologik urush‖ xarakteridagi targ‗ibotlarni avj oldirish xarakterlidir. Yadro quroli 
"sovuq urush" vositasi bo‗ldi. 1962-yildan keyin ―sovuq urush‖ holatidan chiqish 
tendensiyasi yuzaga keldi. 1963-yil iyulida Moskva va Vashington (bevosita Kreml va 
Oq uy) o‗rtasida ushbu mamlakatlar rahbarlari har qanday paytda aloqa qilishi mumkin 
bo‗lgan to‗g‗ridan-to‗g‗ri telefon liniyasi o‗rnatildi. Bu bir-biriga bo‗lgan ilk o‗zaro 
ishonch edi. 1985-yil AQSH va SSSR o‗rtasida strategik jihatdan tenglikka erishildi. 
Agar 1965-yil yadro kallaklari soni bo‗yicha nisbat 10:1 ni tashkil etgan bo‗lsa, 1985-
yilda u 11:10 ga teng bo‗ldi. Ayni paytda SSSR strategik hujum qurollari borasida 
ilgarilab olgan edi. Jahondagi umumiy ahvol ―Sovuq urush‖ning butunlay o‗zgardi. 
Endilikda so‗zsiz g‗alaba qozonish mumkin bo‗lgan biror tomon ortiqcha ustunlikka ega 
emas edi. Urush har ikki tomon uchun bir-birini qirib tashlashni anglatardi. Ikki hukmron 
davlat o‗rtasida raketa-yadro qurollarini qisqartirish to‗g‗risida muzokaralar boshlandi, 
chunki yangi sharoitda ular ilgarigi ahamiyatini yo‗qotdi. 1987-yil SSSR Prezidenti 
M.S.Gorbachevning AQSHga tashrifi chog‗ida kichik va o‗rtacha olislikdagi raketalarni 
yo‗q qilish to‗g‗risida Shartnoma imzolandi. Ushbu Shartnomaga ko‗ra Sovet tomoni 
1572 ta, amerikaliklar esa 599 ta raketani yo‗q qildilar. Shuningdek, strategik hujum 
qurollarini 50 foiz qisqartirish to‗g‗risidagi kelishuvga ham erishganligini qayd etish 
lozim. Har ikki tomon qirg‗in qurollarini de‘montaj qilishga kirishdi. AQSH prezidenti 
J.Bush 1991-yil yanvarda Kongressga yo‗llagan murojaatnomasida sovuq urush" 
tugaganligini e‘lon qildi. Bu to‗g‗rida yanada oldinroq, 1990 yil Londonga yig‗ilgan 
NATO yetakchilari ma‘lum qilgan edi. 
SPIKER 
(ingl. notiq) — ayrim mamlakatlarda quyi palataning raisi, ba‘zi 
mamlakatlarda parlament raisi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rahbari S. deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasida S. 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan saylanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin