Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


SSSR  — q. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi.  STAGNATSIYA



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   462
LUG\'AT

SSSR 
— q. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi. 
STAGNATSIYA 
(fr. 
stagnation
, lot. 
stagno
- harakatsiz, to‗xtataman) — 
iqtisodiyotda pasayishdan oldin yuz beradigan, pasayish bilan birga kechadigan 
turg‗unlik holati. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda 1930-1939 yillarda, ikkinchi 
jahon urushi (1939-45)dan keyin yuz bergan. O‗zbekistonda 1991-1995 yillarda 
kuzatildi. S. investitsiya jarayonlarining, ishlab chiqarish. quvvatlarining to‗liq band 
etilmasligi, surunkali ishsizlik, iqtisodiy o‗sishning sekinlashuvi yoki nol darajasi va b.da 
ko‗rinadi. S.da real yalpi ichki mahsulot hajmi turg‗un holatda saqlanadi, ba‘zan pasayib 
ketadi. S. davomiyligi turg‗unlik va tanglikning naqadar chuqurligi va davlat tadbirlari 
(tadbirkorlarga imtiyozlar, soliqlarni, eksport bojlarini kamaytirish, davlat buyurtmalarini 
tiklash, hisob stavkalarini kamaytirish va b.) ning ta‘sirchanligiga bog‗liq. 
STANDART 
(ing. 
standard
- me‘yor, namuna, o‗lcham) — keng ma‘noda – 
boshqa ob‘ektlarni taqqoslash uchun dastlabki ob‘ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, 
model; standartlanadigan ob‘ektga qo‗yiladigan va vakolatli organlar tomonidan 
tasdiqlangan me‘yorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi me‘yoriy texnik hujjat. 
STANDARTLASH 
— standartlar belgilash hamda ularni fan va texnika, xalq 
xo‗jaligi tarmoqlarida qo‗llash jarayoni. S. fan, texnika va amaliy tajribalarning 


279 
umumlashtirilgan yutuqlariga tayanadi. S.ning vazifasi: kattaliklar birliklarini, termishtar 
va belgilarni qabul qilish; mahsulotlar va ishlab chiqarish. jarayonlariga texnik talablar 
qo‗yish; xavfsizlikni ta‘minlaydigan va moddiy boyliklarni asraydigan shartlarni 
belgilash. S. xalq xo‗jaligini boshqarishda muhim rol o‗ynaydi. S. tizimi xo‗jalik 
tarmoqlarini, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini, me‘yoriy texnik hujjatlarning 
joriy etilishi va ularga amal qilinishini, savdo korxonalaridagi o‗lchov vositalarini 
nazorat qilish va b. ishlarni ham o‗z ichiga oladi. O‗zbekiston Respublikasida S. 
masalalari bilan ―Uzstandart‖ agentligi shug‗ullanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin