Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


SUB...  (lot. tagida) — nimanidir tagida bo‗lishini yoki itoat, qaram, quyi mavqeni  egallashni anglatuvchi qo‗shimcha.  SUBYEKT



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə371/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   462
LUG\'AT

SUB... 
(lot. tagida) — nimanidir tagida bo‗lishini yoki itoat, qaram, quyi mavqeni 
egallashni anglatuvchi qo‗shimcha. 
SUBYEKT
(lot. 
subjectus
- amaliy faoliyat tashuvchisi) — faol faoliyat 
ko‗rsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega bo‗lgan individ yoki ijtimoiy guruh. S. bilan 
ob‘ektning o‗zaro aloqadorligi asosida ijtimoiy-tarixiy amaliyot yotadi. S. hisoblangan 
individ va uning ongi ham tadqiqot ob‘ekti bo‗lib kelishi mumkin. Individ S. sifatida 
jamiyatning bir a‘zosi, tarixiy jarayonning bir vakili sifatida u mansub bo‗lgan jamiyat 
a‘zolariga xos bilimlarga ega va shu nuqtai nazardan olamga qaraydi. Ob‘ektsiz 
sub‘ektni, sub‘ektsiz ob‘ektni tasavvur etib bo‗lmaydi. Politologiyada alohida shaxs
tashkilot, guruh, sub‘ekt bo‗lishi mumkin. Sub‘ekt bir qancha sifatlarga ega bo‗lishi 
mumkin: iroda, mas‘ulyatni zimmasiga ola bilish, malakaviylik, resurslarga egalik
avtoritet, intizom. 
SUBYEKTIVIZM 
— voqelikni sub‘ektga qarab biladigan, ya‘ni ongni birlamchi 
yaratilgan, boshqa hamma narsalar ongning shakli, mazmuni yoki uning ijodi mahsuli 
hisoblanadi deb izohlovchi qarash. S. tushunchasini Dekart joriy qilgan. J.Berkli 
idealizmi bunday S.ning eng keskin shakli hisoblanadi. S. ob‘ektiv qonuniyatlarga zid 
bo‗lgan, bir tomonlamalik va ehtiroslar ustunlik qilgan, hato qarorlar va harakatlarni 
anglatadi. Bunday faoliyat kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va tajribaga ega bo‗lmagan 
kishilar tomonidan sodir etiladi. ―Sub‘ektivlik‖ tushunchasi esa sub‘ektga ta‘rif berishni 
bildiradi. Bu tushuncha real voqelikni hisobga oluvchi, uning qonuniyatlariga binoan 
harakat qiluvchi inson faoliyatini anglatadi. 
SUBMADANIYAT 
(lot.
sub 
- tagida) — biror ijtimoiy, siyosiy yoki demografik 
guruh madaniyati. 
SUBORDINATSIYA
(lot. 
subordination
– taqsimlash, tartibga keltirish) — xizmat 
intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‗yicha kichik mansabdorlarning 
katta mansabdorlarga bo‗ysunishiga qat‘iy amal qilish. 
SUBSIDIYA 
(lot. 
subsidium
- yordam, nafaqa, qo‗llab-quvvatlash) — davlat 
budjeti, maqalliy budjetlar mablag‗lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik 
shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‗i yoki natura 
shaklidagi yordam. S. davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. S.lar 
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban o‗zgartirish), eksport-importni muvozanatlab 
turish, fan-texnika yangiliklarini o‗zlashtirishni yo‗lga qo‗yish, milliy sanoatni o‗stirish, 
ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va b. maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi 
narxni ushlab turish uchun bozorga qo‗shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bo‗lganda 
davlat o‗z tovarlarini zaxiraga o‗tkazib turgan firmalarga S. berib, tovarlarni saqlab turish 


281 
xarajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham 
S. oladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin