Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə374/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   462
LUG\'AT

SULH SHARTNOMASI 
— xalqaro shartnoma turi. S.sh. asosida urush 
to‗xtatiladi, hududiy o‗zgarishlar va davlat chegaralari qayd etiladi, boshqa siyosiy, 
harbiy va iqtisodiy masalalar (qo‗shinlarni olib chiqib ketish, harbiy asirlarni qaytarish, 
reparatsiyalar va b. to‗g‗risida) hal qilinadi. S.sh. preliminar (dastlabki) sulh yoki uzil-
kesil, umumiy (urushgan hamma davlatlar shartnoma qatnashchilari hisoblansa) sulh 
yoxud separat sulh (urushda qatnashgan davlatlarning ayrimlari o‗rtasida shartnoma 
tuzilsa) ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. 
SULOLA 
— muayyan urug‗dan, avloddan tarqalgan, vorislik, valiahdlik huquqiga 
ega bo‗lgan, asosan, birin-ketin taxtga o‗tirgan podsholar, amirlar va xonlar nasli. Mas., 
abbosiylar, ahmoniylar, somoniylar, mang‗itlar, g‗aznaviylar va b. 
SULTON 
(arab. hukmdor, podshoh) — 1) musulmon davlatlari boshliqlarining 
unvoni. X asrda islom mamlakatlarida hukmdor S. deb yuritilgan. Shohlar, xonlar va 
ularning farzandlari ismiga S. so‗zi qo‗shib aytilgan. Rum sultonligi hukmdorlariga
S. unvoni XI asrning 30-yillaridan berila boshlangan. Mazkur unvonni birinchi bo‗lib 
saljuqiylardan bo‗lgan To‗g‗rulbek 1038-yilda olgan va bu unvon 1055-yil Bag‗dod zabt 
etilganidan so‗ng xalifa tomonidan e‘tirof etilgan. Usmonli turk hukmdorlari, 
Xorazmshoxlar, G‗aznaviylar singari mustaqil davlat hukmdorlari ham S. atamasi bilan 
ifodalangan. Mo‗g‗ul istilosidan keyin Chingizxon xonadonining har bir vakili S. deb 
atalgan. Temuriylar saltanatida ham keng iste‘molda bo‗lgan. Shayboniylarda S. 
hukmdorlar, sulola vakillariga berilgan. Janubiy Arabiston va G‗arbiy Afrikadagi yirik 
mulkdorlar, ba‘zi qabila boshliklari, Hindiston va Indoneziyadagi ayrim hokimlar S. deb 
nomlangan. Marokashda 1957-yilgacha, Turkiyada 1922-yilgacha amalda bo‗lgan; 2) 
kishi ismining tarkibiy qismi. Mas., Sulton Sanjar, Sulton Boyazid, Sulton Muhammad, 
Xalil Sulton, Ruqiya Sulton va b. 


283 
SURGUN 
— jinoiy jazo turi; mahkumni muayyan boshqa bir joyda yashash uchun 
majburiy ravishda ko‗chirish. Sobiq sho‗rolar davrida S. qilish inson huquqlarini poymol 
etishning o‗ziga xos usullaridan biri bo‗lgan. S. asosiy jazo sifatida ham, qo‗shimcha jazo 
sifatida ham 2 yildan 5 yilgacha bo‗lgan muddatga tayinlanishi mumkin edi. Mehnatga 
layoqatli mahkum S. muddatini, albatta, mehnat qilish bilan birga o‗tagan. Qatag‗onlar 
davrida qanchadan qancha begunoh odamlar, siyosat, fan, madaniyat arboblari sovuq 
yurtlarga ―xalq dushmani‖ degan tamg‗a bilan S. qilingan. Repressiyaga uchrab, S. 
qilingan minglab yurtdoshlarimiz O‗zbekiston o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritishi sharofati 
bilan, Prezidentning sa‘y harakatlari tufayli oqlandi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin