Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   462
LUG\'AT

SUBSTANSIONAL 
(lot. mohiyat) — muhim, asosiy, mohiyatiga tegishli. 
SUD 
(slavyancha 
sud
- ish) — odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi
muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, ma‘muriy 
va b. toifadagi ishlarni ko‗rib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar o‗rtasida, ular bilan 
davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot ma‘muriyati, jamoat birlashmalari o‗rtasida 
mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni ko‗rib chiqib, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun 
bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. S. boshqa davlat organlaridan, jamoat 
birlashmalari va har qanday shaxsdan mustaqil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha 
ishlarni faqat qonunga bo‗ysunib ko‗rib chiqishi va hal etishi lozim. Mustaqilikka 
erishilgandan so‗ng O‗zbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi 
sifatida sud-huquq islohoti o‗tkazilmoqda. S. hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 
ish yuritishi va S. faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari O‗zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida e‘tirof etildi (106-116 moddalar) yangi sud tizimi barpo qilindi, ―S. lar 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasining qonuni (1993-yil 2-sentabr, yangi tahriri 
2000-yil 14-dekabr) va bir qator qonunlar amalga kiritildi. 
SUD HOKIMIYATI 
— davlat hokimiyatining bo‗linish prinsipiga asosan 
hokimiyat tarmog‗i bo‗lib, u sud organlari orqali amalga oshiriladi, ular O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‗jalik sudlari tizimidan tashkil 
topadi. U o‗zida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, ya‘ni jinoiy, fuqarolik, 
xo‗jalik, ma‘muriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan 
belgilangan tartibda ko‗rib chiqish vakolatlari yig‗indisini, ba‘zi mamlakatlarda
shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va b. 
2 darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat 
organlari tizimini mujassamlashtiradi. S.h. vakolatlari asosiy — odil sudlovni amalga 
oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga bo‗linadi. Hozirgi zamon demokratik 
davlatlarida S.h.ning asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi. 
O‗zbekiston Respublikasida S.h. ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun 
ustuvorligini ta‘minlashga, inson huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan. 
Mamlakatimizda S.h.ning konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat 
yuritishining qonuniy asosi O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‗zbekiston 
Respublikasining ―Sudlar to‗g‗risida‖gi qonuni va b. qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin