Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   462
LUG\'AT

TENDENSIOZ
(lot. 
tendere
- harakat qilish, yo‗nalmoq) — muayan tendensiyaga 
bo‗ysindirishga qaratilgan islohotlar yoki amalga oshirilishi lozim bo‗lgan ishlar. 
TENDENSIYA 
(lot. yo‗naltirish, intilish) — 1) biror narsaga intilish, moyillik; 2) 
biror holat, hodisa rivojlanishi yo‗nalishi. 
TENDER 
(ing. xizmat ko‗rsatmoq) — buyurtmalarni joylashtirishning tanlov 
shakli. U buyurtmachi tomonidan turli ob‘ektlarni qurish, har xil xizmatlarni bajarishga 
pudratchilarni jalb qilish va boshqa tadbirlar uchun uyushtiriladi. 
TENG HUQUQLILIK
— konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va 
demokratiyaning muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida 
tengligini rasman e‘tirof etishni bildiradi. Unga ko‗ra, muayyan davlat fuqarolari jinsi
irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, e‘tiqodi, jamoat 
birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qat‘i nazar, teng huquq
erkinlik va majburiyatga ega bo‗ladilar. T.h.ning realligi jamiyat va davlat tuzumining 
qanchalik demokratiyaliligini anglatadi. 
TENGLIK
— 1) ijtimoiy tenglik - jamiyatda odamlarning ijtimoiy ahvoli tengligini 
anglatuvchi tushuncha. Liberal talqinda – ―imkoniyatlar tengligi‖. Jamiyatdagi barcha 
shaxs, qatlam, guruh, partiya va shu kabining qonun oldida baravarligini ifodalovchi 
tushuncha; adolatli jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri. T. ta‘minlangan jamiyatda 
uning barcha a‘zolari yashash, ta‘lim olish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, mulkdor 
bo‗lish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, qariganda, mehnat layoqatini 
yo‗qotganda ijtimoiy ta‘minot olish, fikrlash, so‗z va e‘tiqod erkinligi, saylash va 
saylanish kabi huquqlarga ega bo‗ladi.2) siyosiy tenglik - barcha fuqarolar huquqlar va 
erkinliklar jihatidan tengligi (garchand ular o‗zlari ega siyosiy va boshqa resurslarga 
ko‗ra farqlansalarda) va ularning kafolatlanganligidir. 
TEOKRATIYA 
(yun. 
theos
- xudo va ...
kratiya
) — davlat boshqaruv shakli, bunda 
davlat (odatda, monarxiya davlati)ning boshlig‗i bir vaqtning o‗zida diniy boshliq ham 
hisoblanadi. Teokratik davlatlarga mas., imom Shomilning Chechenistonda va XIX asrda 
Kavkazni istilo qilish paytida chor qo‗shinlariga uzoq vaqt qarshilik ko‗rsatgan 
Chechenistonga yaqin hududlardagi boshqaruvi teokratik xususiyatga ega bo‗lgan. Papa 
viloyati 1870-yilda Italiya birlashishidan oldin teokratik davlat bo‗lgan edi. 1951-yil 
Tibet XXRga qo‗shilgunga qadar Dalaylama (lama ruhoniylarining rahbari) Tibetdagi 
dunyoviy hokimiyatni ham boshqargan. Rim katolik cherkovining oliy rahbari Papa bir 
vaqtning o‗zida Vatikan davlatining ham boshlig‗i hisoblanadi. Teokratik tamoyillar 
fuqarolar ijtimoiy va shaxsiy hayotining barcha tomonlari (diniy bayramlar va 
marosimlarga davlat maqomi berilishi, sud ishlari diniy qonunlar bo‗yicha yuritilishining 
tiklanishi, boshqa din vakillari quvg‗in qilinishi va shu kabi) diniy tartiblar orqali 
belgilanishi kuchayishi bilan kechadi. 


288 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin