TEOLOGIK PARADIGMA — siyosiy fikr paradigmalaridan biri. T.p. davlat
hokimiyatini ilohiy deb biladi va uning manbaini ilohiy iroda va diniy kitoblarda ko‗radi.
TERROR (lot. qo‗rquv, daxshat) — qo‗rqitish siyosati, siyosatda zo‗ravonlik.
TERRORISTIK HARAKAT — konstitutsion tuzum asoslariga, davlat
xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat.
TERRORIZM (lot.
terror - qo‗rqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni
yo‗qotish yoki qo‗rqitish, aholi o‗rtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish
maqsadidagi zo‗ravonlik harakatlari (ta‘qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik,
portlatish va boshqalar). T. yakka tartibdagi va guruhli T. (mas., ekstremistik siyosiy
to‗dalarning harakatlari kabi) toifalarga bo‗linadi. Siyosatshunoslikda davlat T.i
tushunchasi ham qo‗llanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). T. o‗rta
asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab to‗rgan. Lekin o‗tgan asrning
oxirlaridan uning yangi ko‗rinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari
rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o‗ldirish yoki o‗g‗irlash, elchixonalar,
missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda
portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va hokazo).
Xalqaro T. keng tarqalib, T. oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim
mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi.
TEST (ing. sinov, tadqiqot) — to‗g‗ridan-to‗g‗ri kuzatib bo‗lmaydigan murakkab
xususiyatlarni va sifatlarni o‗rganish, o‗lchash usuli, texnikasi. Avval psixologiyada
ishlab chiqilgan.
TEXNOKRATIK NAZARIYA — mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida
vujudga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida T.Veblen,
D.Barnxeym, G.Saymon, D.Bell va boshqalar bor edi. Umuman ushbu nazariya elitar
nazariyasiga juda o‗xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib
turadi. Bu nazariyaga ko‗ra, jamiyatni mutaxassis boshqaruvchilar, menejerlar idora
etishlari lozim (ko‗pincha amalda ham shular boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning
haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‗llarini, buning uchun zarur
vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi
hamda jamiyatning ildam rivojlanishini ta'minlaydi. Mazkur ta‘limot g‗oyalaridan
nafaqat davlatning mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo‗lgan boshqa
nazariyalarda ham foydalanilmoqda.