UMUMIY SAYLOV HUQUQI —
qonun belgilangan yoshga yetgan barcha
fuqarolarning davlat hokimiyati organlarini saylashda ishtirok etish huquqi.
UMUMINSONIY QADRIYATLAR — butun insoniyatning tajribasini
ifodalovchi va qandaydir farqlanishlar bo‗lishidan qat‘iy nazar barcha odamlar uchun
mushtarak bo‗lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar.
UMUMINSONIY SIYOSIY ONG —
siyosiy ongning eng yuqori va g‗oyat
murakkab darajasidir. U olam va odamni yaxlit va bir butun holda aks ettiruvchi siyosiy
ong shaklidir. Bu ong insonning bashariyat, butun olam, o‗zga davlatlar muammolarini
anglashi, tushunishi va tinchlikni qadrlashi, himoya qilishida namoyon bo‗ladi.
UMUMLASHMA —
bir xillik va doimiylikning umumiy qaydi. U tushuntirishning
eng oddiy shakli bo‗lib predmetni aniq bilishni talab etadi. Universal, ehtimol qiluvchi
(mulohaza) va tendensional qonun.
UMUMXALQ MUHOKAMASI — jamiyat va davlatning eng muhim masalalarini
umumiy ovoz berishga qo‗yish shakli. q. Referendum.
UNVON — vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu
alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va b. malakalari rasman e‘tirof
etilganligini tasdiqlaydi. U. belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari,
shuningdek, U. bilan bog‗liq bo‗lgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasida faxriy, harbiy, ilmiy,
maxsus professional, sport, akademik U., turli mukofot, konkurs laureatlari U.i va shu
kabilar bor. Prokuratura organlaridagi prokuror va tergovchilar uchun belgilangan U.
diplomatiya xodimlari uchun belgilangan U. diplomatiya daraja va martabalari deb
ataladi.
UNIVERSAL (lot.
universalis - umumiy) — har tomonlama, keng qamrovli,
ko‗plab maqsadlar uchun yaroqli, turli vazifalarni va funksiyalarni bajara oladigan.