Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


VALIDLIK — respondentdan olingan axborotni verifikatsiya ma‘lumotlari bilan  qiyoslash. Validlik o‗lchov haqiqiyligi mezonidir. VALIY



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə397/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   462
LUG\'AT

VALIDLIK
— respondentdan olingan axborotni verifikatsiya ma‘lumotlari bilan 
qiyoslash. Validlik o‗lchov haqiqiyligi mezonidir.
VALIY
(ar. hukumdor) — o‗rta asrlarda viloyat, o‗lka hukumdori, noib. Podshoh 
tomonidan tayinlanib, o‗zlariga topshirilgan o‗lkada cheksiz hokimiyatga ega bo‗lgan.
VALYUTA
(it. 
valuta
, lot. 
valere
- qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul 
birligi va uning turi (oltin, kumush, qog‗oz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro 
muomalada qo‗llanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida 
ifodalangan va xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan kredit va to‗lov hujjatlari 
(veksellar, cheklar, banknotlar va b.). 
VALYUTA CHEKLASHLARI
— davlat tomonidan chet el valyutasi hamda 
valyuta boyliklari bilan bog‗liq muomalalarda muayyan cheklashlarning joriy qilinishi. 
V.ch.ning odatdagi ko‗rinishi milliy valyutani chet el valyutasiga ayirboshlash. chet el 
valyutasini mamlakat hududiga olib kirish va olib chiqib ketish, banklarning valyuta 
operatsiyalari, banklarning vakillik hisob raqamlariga limitlar joriy etish kabilarda 
namoyon bo‗ladi. V.ch. tadbirlari chet mamlakatlarga oltin va qimmatbaho qog‗ozlar 
chiqarishni cheklash ko‗rinishida amal qilib, mamlakat valyuta siyosatining xarakterli 
belgilaridan biri hisoblanadi hamda u to‗lov balansining passivligi, oltin va b. valyuta 
rezervlarining kamayib ketganligi bilan bog‗liq. Dastlab V.ch. ba‘zi davlatlarda (Yevropa 
davlatlari) birinchi jahon urushi davrida joriy etilgan va 1929 – 1933-yillardagi jahon 
iqtisodiy tangligi davrida, ayniqsa keng tus oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi 
yillarda faqat AQSH, Kanada, Shveysariya va Lotin Amerikasining bir necha 
davlatlaridagina valyuta muomalalari cheklanmagan edi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha 
rivojlangan mamlakatlarda V.ch. mutlaq olib tashlangan, V.ch. amal qilayotganlarida esa 
uning zaif ko‗rinishi qolgan, xolos. Mas., Buyuk Britaniyada V.ch. 1979-yildan buyon 
mutlaqo yo‗q. Hozirgi paytda Xalqaro valyuta fondiga a‘zo 60 dan ortiq mamlakatlardagi 
ko‗pgina operatsiyalarda V.ch. umuman qo‗llanilmaydi. 1992-yilda Yevropa Ittifoqiga 
a‘zo mamlakatlar valyuta integratsiyasini takomillashtirish yo‗nalishidagi kapitallar 
harakatida cheklovlar butunlay bekor qilindi. Hozirigi O‗zbekistonda ham valyuta 
muomalalarini tartibga solishda xorijiy valyutani olib kirish, almashtirish, valyuta 
muomalalari va b.da qisman V.ch. joriy qilingan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin