309
qonun o‗ttiz kun ichida imzolanadi va e‘lon qilinadi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‗zbekiston Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‗rib chiqishda Qonunchilik palatasi
deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‗pchilik ovozi bilan qonunni
yana ma‘qullasa, qonun O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan
hisoblanadi hamda imzolanishi va e‘lon qilinishi uchun O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari
va Senati a‘zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‗rib
chiqilishi kerak. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‗z e‘tirozlari bilan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul
qilingan tahririda tegishincha O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan
iborat ko‗pchilik ovozi bilan ma‘qullansa, qonun O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan o‗n to‗rt kun ichida imzolanishi va e‘lon qilinishi kerak. Qonunlarning va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e‘lon qilinishi ular qo‗llanilishining
majburiy shartidir.
Dostları ilə paylaş: