Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə413/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   462
LUG\'AT

XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK 
— xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
muhim ko‗rinishlaridan biri. Jahon xujaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining 
chuqurlashib borishi bilan X.i.h.ning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib 
boradi. Uning asosiy sub‘ektlari - davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. XX asrning 80-yillaridan e‘tiboran, X.i.h. 
doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng ko‗lamda qamrab oldi, tashqi va xalqaro 
savdo, kredit munosabatlari, valyuta va to‗lov - hisob kitob sohasi, migratsiya va kapital 
chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit-
moliya institutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiy-
texnika va ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. X.i.h. uning 
sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida ro‗yobga 
chiqarishning eng maqbul yo‗li hisoblanadi. Jahon davlatlari o‗zlarining tub ichki 
manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidan kelib 
chiqqan holda X.i.h.ning muayyan yo‗nalishlarida faollik ko‗rsatadilar. 
XALQARO JINOYAT POLITSIYASI TASHKILOTI (INTERPOL) 
— 1923 
yil Vena shahri (Avstriya)da asos solingan. Hozirgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash 
tarzida birinchi marta 1947-yil paydo bo‗lgan. 1949-yil BMT unga rasmiy ravishda 
xalqaro hukumatga qarashli bo‗lmagan tashkilot maqomini berdi. ―I.‖ning amaldagi 
ustavi 1956-yil 13-iyunda kuchga kirdi. ―I.‖ jinoyatchilarni ro‗yxatga olish xalqaro 
markazi sifatida ish ko‗radi, shuningdek, jinoyatchilarni (jinoyatlarda gumon 
qilinuvchilarni; bedarak yo‗qolganlarni; o‗g‗irlangan boyliklarni) xalqaro miqyosda 
qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 190 davlat (2014-yil), shu jumladan, O‗zbekiston 
Respublikasi ―I.‖ning a‘zosidir (1994-yildan). O‗z.R. Ichki ishlar vazirligi tarkibida 
―I.‖ning O‗zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. ―I.‖ning oliy 
organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qo‗mita, 
unga ―I.‖ prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. 
―I.‖ 1946-yildan ―Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi ma‘lumoti‖ jurnalini nashr 
etadi. ―I.‖ning doimiy qarorgohi Fransiyada joylashgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin