Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə415/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   462
LUG\'AT

XALQARO MUNOSABATLAR 

 
dunyo hamjamiyatining barcha sub‘ektlari 
o‗rtasidagi siyosiy, xo‗jalik-iqtisodiy, ilmiy-texnik, valyuta-moliyaviy, ijtimoiy, 
diplomatik, huquqiy, harbiy, gumanitar, kommunikatsion aloqalar va munosabatlarning 
tizimli birligi (yaxlitligi)dir.
 
X.m. nazariyasi
 
-
 
siyosiy tadqiqotlar sohasi bo‗lib, uning 
predmetini xalqaro tashkilotlar va uyushmalar (BMT, NATO, YXHT va h.k.), 
davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati, xalqaro munosabatlar tashkil etadi. U shuningdek, 
urush va tinchlik, xalqaro ixtiloflarni oldini olish va ularni boshqarish, yangi xalqaro 
tartibni shakllantirish masalalarini ham o‗rganadi. 
XALQARO QIZIL XOCH VA QIZIL YARIM OY HARAKATI 
— umumjahon 
insonparvarlik harakati. 1863-yilda asos solingan. Mazkur harakat 3 tuzilma - Xalqaro 
Qizil xoch qo‗mitasi (HQXQ); Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari 
federatsiyasi (XQX va QYOJF): Qizil Xoch va Qizil yarim Oy Milliy jamiyatlari 


318 
(MJ)dan iborat: H.Q.X. va Q.ya.O.h. har uch tuzilmasining faoliyat vakolatlari H.Q.X. va 
Q.ya.O.h.ning Ustavi (1986) va Sevilya bitimi (1999) asosida belgilangan. Xalqaro Qizil 
Xoch Qo‗mitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli to‗qnashuvlarda 
jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy 
mahbuslar, fuqaro aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va b. favqulodda 
vaziyatlar oqibatida ajrashib qolgan hamda bedarak yo‗qolgan shaxslarni qidirish 
vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatida insonparvarlik yordami ko‗rsatadi. Tinchlik 
sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan (1917, 1944, 1963-yillar). 
Qarorgohi Jeneva sh.da. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi 
1919-yil tuzilgan insonparvarlik tashkiloti. Dunyoning 190 ga yaqin mamlakatlarning 
Milliy jamiyatlarini birlashtiradi. Asosan, tabiiy ofatlarga tayyorlanish va ularga 
munosabat bildirishda Milliy jamiyatlarga yordam berish, tabiiy ofatlar, texnikaviy va 
sanoatdagi avariyalar, falokatlarda alohida xalqaro insonparvarlik yorsami ko‗rsatishga 
oid amallarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, aholi salomatligi profilaktikasi, eng 
muhtoj kishilarga qarash va ularga tibbiy ijtimoiy yordam ko‗rsatishni ta‘minlash, aholini 
birinchi yordam ko‗rsatishga o‗qitish, ko‗ngillilikni rivojlantirish vazifasi bilan 
shug‗ullanadi. O‗zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati 1925-yil tashkil etilgan bo‗lib, sobiq 
SSSRning Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirar edi. 1992 
y.da O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati 
haqida‖gi farmoniga binoan mustaqil Milliy jamiyat maqomiga erishdi. 1995-yilda 
Xalqaro Qizil Xoch Qo‗mitasi tomonidan e‘tirof etilib, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil 
yarim oy jamiyatlari federatsiyasiga a‘zo bo‗ldi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin