Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə423/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   462
LUG\'AT

XAYDJEKING
— yirik transport vositalari: samolyot, poyezd, avtomobil va 
kemalarni o‗g‗irlashni ko‗zda tutadi. Ilk bor aviaterrorizm 1930-yili sodir etilgan. 
Terroristlar tomonidan turli yillarda yo‗lovchi samolyotlarga hujum qilingan, ayrim 


324 
hollarda, masalan, 1971-yili sentabr oyida 4 ta samolyot terroristlar tomonidan yo‗q 
qilingan. 2001-yildagi 11 sentabr voqealarida ham terrorning shu usulidan foydalanilgan.
XAYOLIY SOTSIALIZM
, utopik sotsializm — mulkning umumiyligiga, 
majburiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan ideal jamiyat haqidagi ta‘limot. 
Dastlab T. Morning ―Utopiya‖ asari (1516) da X.s.ga oid fikrlar bayon qilingan. X.s.ning 
vujudga kelishida turli xalqlarda asrlar mobaynida ilgari surilgan ijtimoiy adolat va 
tenglikni ifodalovchi xayoliy g‗oyalar asos bo‗lgan. X.s.ning yirik vakillari: T.Myunser, 
T.Kampanella, J.Uinstenli, J.Mele, Morelli, G. B. Mabli, G.Babyof, T.Dezami, K.A.Sen 
Simon, Sh.Fure, R.Ouen, A.I.Gersen va N.G.CHernishevskiy. 
XITOBNOMA
(arabcha-forscha) – biror ish yoki harakat qilish undab yozilgan 
maktub, yozma chaqiriq, murojaatnoma.
XIZMATCHI
YETAKCHI
— zamonaviy siyosat nazariyasida yetakchilarning 
to‗rt yig‗ma obrazlaridan biri. Ushbu yetakchi o‗z tarafdorlari va saylovchilarning 
manfaatlarini ifoda etishga intiladi va ular nomidan ish ko‗radi. Uning butun faoliyati 
izchil ravishda ana shu manfaatlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‗ladi. Real hayotda 
bu obrazdagi yetakchilar alohida holda uchramasdan, siyosat arboblarda aralashgan holda 
uchraydi. 
XOTIN-QIZLAR HARAKATI 

 
hozirgi dunyodagi demokratik harakatlarning 
turli yo‗nalishlari orasida xotin - qizlar harakati alohida ko‗zga tashlanadi. Sababi, xotin - 
qizlar insoniyatning yarmidan ko‗pini tashkil etadi, moddiy va ma‘naviy boyliklarning 
taxminan 1,3 qismini ishlab chiqaradilar. Insoniyatning ana shu qismining manfaatlarini 
xotin - qizlar harakati ifoda etadi va himoya qiladi. Xotin - qizlar harakatining maqsadi 
xotin - qizlarning erkaklar bilan tengligiga amalda erishishdir. Bu oliyjanob maqsadga 
erishish yulida turli xalqaro tashkilotlar raxnamoligida diqqatga sazovor ishlar amalga 
oshirilmoqda. 1976-yildan 1985-yilgacha bo‗lgan davr BMT tomonidan ―Tenglik, 
taraqqiyot, tinchlik‖ shiori ostida ―Xotin - qizlar o‗n yilligi‖ deb e‘lon qilingan. Bu 
dunyoning turli mintaqalarida yashovchi aholi tomonidan ma‘qullandi va tan olindi. 
O‗zbekistonda ayollarning ―To‗maris" ijtimoiy harakati, ―Tadbirkor ayol‖ nodavlat 
uyushmasi faoliyat ko‗rsatadi. Hozirgi vaqtda ―kulrang panteralar‖ harakati mavjud 
bo‗lib, ular shuning uchun ham o‗zlarini ―kulrang‖, deb ataydilarki, ular davlat siyosatiga 
aralashmaydilar. Belgiyada ayollarning ―keksalar partiyasi‖ faoliyat ko‗rsatib keladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin