Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə424/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   462
LUG\'AT

XRISTIAN-DEMOKRATIYA
siyosiy mafkura hisoblanib, uning asosini 
―muhabbat olami‖ va ―hukumat olami‖ning uyg‗unlashuvi, inson hayoti va 
qadriyatlarining betakrorligi, jamiyatning barcha fuqarolari erkinligining kafolati 
hisoblangan davlatning shakllanishi zaruriyatini tan olish kabilar tashkil etadi. X.d. 
mafkurasining yetakchi tamoyili – har bir kishining farovonligi jamiyat va davlatning 
gullab-yashnashi bilan bog‗liq ekanligini tan olishdan iboratdir. Ayni paytda jamiyatdagi 
mavjud siyosiy tartibni diniy tartibga aylantirish zaruriyati inkor etiladi. Davlat 
boshqaruvi jamiyatda ma‘naviy erkinlikni qaror toptirishning kuchli vositasi va turli xil 
o‗zboshimchaliklarga chek qo‗yishning muhim omili ekanligi tan olinadi, shuningdek, 
hokimiyatga ko‗r-ko‗rona buysunish ham inkor etiladi. Bu mafkurada davlat o‗zini 
ta‘minlashga kuchi yetmaydigan fuqarolarga yordam ko‗rsatishi ko‗zda tutiladi.
XRISTIANLIK 
— jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika 
mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yaqin 


325 
Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan. X.ning asosiy 
g‗oyasi xudo odam — Iisus Xristos haqidagi rivoyatlar bilan bog‗liq. X. ta‘limotiga 
ko‗ra, Xudo yagona, lekin u muqaddas uchlikda namoyon bo‗ladi. X.ning aqidalari
e‘tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari Bibliya va b. 
muqaddas kitoblarda o‗z ifodasini topgan. X. I asrning 2-yarmida Rim imperiyasining 
Sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o‗rtasida paydo bo‗lgan. Rim imperiyasining 
g‗arbiy va Sharqiy qismidagi o‗ziga xos tarixiy taraqqiyot X. cherkovini ikkiga: katolik 
va pravoslav bo‗linishiga olib keldi. X.ning bu bo‗linishi 1054-yilda rasman e‘tirof 
etilgan bo‗lsada, biroq bu jarayon XIII asrning boshlarida tugallangan. XVI asrda 
reformatsiya natijasida Yevropadagi qator cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib
X.ning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keldi. XIX asrning oxirida xristian 
cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd.dan 
ortiq kishi e‘tiqod qiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin