XALQARO XAVFSIZLIK TIZIMI — xalqaro huquq me‘yorlari va uning
asosida tashkil qilingan organ, kuch va mexanizmlar orqali ikkita yoki undan oshiq
mamlakatlarning xavfsizligini ta‘minlash yaxlitligi.
XAOS (yun.
chaos – tartibsizlik, mavhumlik) — yunon mifologiyasida azaliy
cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud bo‗lgan. X. - koinot manbai, u Geya
(yer), Erot (sevgi), Ereb (qorong‗ulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, ulardan esa go‗yo
yerda yashovchi barcha narsa paydo bo‗lar emish. Ko‗chma ma‘noda - boshdanoyoq
tartibsizlik, chigallik.
XARIZMA (yun.
charisma - ilohiy qobiliyat) — biror shaxsning boshqalarga
nisbatan alohida xususiyatlarga egaligi (donoligi, qahramonligi, avliyoligi) va shu
xususiyat yordamida xalqni boshqarishga haqli ekanligini ifodalaydigan tushuncha. X.
tushunchasini ilk bor italiyalik ruhoniy S.Paul mo‗jizaviy qobiliyatga ega bo‗lgan Iso
payg‗ambarga nisbatan ishlatgan. Ammo X.ni ilmiy tushuncha sifatida M.Veber chuqur
tadqiq qilib, uni ―xudo bergan ne‘mat‖ deb nomlagan. Qadimgi davrlarda faqat ilohiy
mazmunga ega bo‗lgan tushuncha vaqt o‗tishi bilan olimlar tomonidan real hayotga
tadbiq etila borib, ilohiy qobiliyatga ega bo‗lmagan, ammo alohida xususiyatlarga,
yuksak fazilatlarga ega bo‗lgan yetakchi tarixiy shaxslarga nisbatan ham ishlatila
boshlangan.
XARIZMATIK LEGITIMLIK —
yetakchi
shaxsigagina ishonch, sadoqat tufayli
uning hokimiyatini tan olishdan iborat. M.Veberning o‗zi bu holda - tarixiy vaziyat
taqozosi bilan yangi sulola, tartib o‗rnatishi lozim bo‗lgan g‗olib - yetakchini nazarda
tutgan. Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington, Fransiya prezidenti - general
Sharl de Goll, mamlakatimiz prezidenti – Islom Karimov - xarizmatik yetakchilardir.
XARIZMATIK YETAKCHILIK —
M.Veberning ―Siyosat - ham mayl, ham kasb
sifatida‖ maqolasida bergan ligetim hukumronlikning uch ko‗rinishidan biri. Hukumdor –
yetakchining ilohiy qudratiga xalqning cheksiz ishonchiga asoslanadi. M.Veber X.ye.ni
inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim xarakatlantiruvchi kuchi
sifatida qaraydi, chunki, xarizmatik dohiy obro‗-e‘tibori o‗tmish bilan bog‗liq
bo‗lmasdan, u ommani ijtimoiy yangilanish vazifalarini echishga safarbar etishga
qodirdir. Xarizmatik hukmronlik, M.Veberga ko‗ra, yetakchiga xos alohida sifatlarga
asoslanadi. Uni payg‗ambar, ulkan tarxiy shaxs, deb hisoblashadi. Yetakchi va omma
munosabatlari hissiy darajada, to‗liq o‗zligidan kechish, ko‗r-ko‗rona ishonch asosiga
quriladi.
XARTIYA (yun.
chartes - qog‗oz, yorliq) — 1) o‗rta asrlardagi (shaharlar va
kommunalar X.si, Erkinlikning buyuk X.si va b.) va yangi zamondagi (Buyuk
Britaniyada 1838-yilgi Xalq X.si, konstitutsion X. va b.) ommaviy huquqiy va siyosiy
tusdagi hujjat. Xalqaro huquqda odatda deklaratsiya so‗zining sinonimi sifatida qo‗llanib,
majburiy kuchga ega bo‗lmaydi, xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadini
ifodalaydi (mas., Yangi Yevropaning Parij X.si); 2) eski qo‗lyozma.
XARTLEND — ingl. geosiyosatda ―markaziy yer‖, kurrai zaminning bosh, asosiy
qit‘asi tushunchasi. Unga egalik qilish – dunyoga egalik qilish imkonini beradi.