Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   462
LUG\'AT

XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI

XTTB
(
IBRD, 
International Bank for Reconstruction and Development
) — BMTning ixtisoslashgan 
muassasasi, Jahon banki guruhiga kiradi. Xalqaro valyuta fondi bilan bir vaqtda, 
BMTning 1944-yilda Bretton Vuds (AQSH)da o‗tkazilgan xalqaro valyuta moliya 
konferensiyasi qaroriga ko‗ra tashkil etilgan. 1946-yildan o‗z faoliyatini boshlagan. A‘zo 
davlat soni - 187 ta (2014). Unga faqat davlatlargina a‘zo bo‗lishi mumkin. Shtab 
kvartirasi Vashingtonda. Bank daromadi o‗rtacha va daromadi past mamlakatlarga qarz 
beradi va yordam ko‗rsatadi. Bankning rasmiy maqsadlari: ishlab chiqarish maqsadlari 
uchun kapital qo‗yilmalarni rag‗batlantirish yo‗li bilan a‘zo davlatlarning tiklanish va 
taraqqiyotiga ko‗maklashish; ishlab chiqarish maqsadlaridagi xususiy chet el 
investitsiyalarini rag‗batlantirish; uzoq muddatli muvozanatlangan o‗sishni va bank 
a‘zolari bo‗lgan davlatlarning ishlab chiqarish resurslarini rivojlantirish uchun xalqaro 
investitsiyalarni rag‗batlantirish yo‗li bilan to‗lov balansining barqarorligini saqlashga 
ko‗maklashish va b. XTTBning oliy organi - Boshqaruvchilar kengashi. Har bir a‘zo 
davlat Kengashda moliya yoki rejalashtirish vaziri darajasidagi va 5 yilga tayinlanadigan 
bir boshqaruvchi (va bir o‗rinbosar)ga ega. Bosh ijroiya organ - ijrochi direktorlar 
kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari bo‗lgan mamlakatlar 
(AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi 
mamlakatlar 
guruhlari 
tomonidan 
tayinlanadi. 
Bankni 
prezident 
boshqaradi. 
Boshqaruvchilar kengashi sessiyalari yilda bir marta o‗tkaziladi. Mamlakatlar XTTB 
kapitalidagi o‗z payi salmog‗iga mutanosib ovoz huquqiga ega. Bankda rivojlanayotgan 
mamlakatlarga moliyaviy resurslar ajratish masalalari bo‗yicha Taraqqiyot qo‗mitasi - 
XXTB va XVF Boshqaruvchilar Kengashlarining qo‗shma qo‗mitasi mavjud. 1992-yil 
O‗zbekiston XTTBga a‘zo bo‗lib kirdi va 1993-yilda uning vakolatxonasi Toshkent 
shahrida faoliyat ko‗rsata boshladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin