Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə414/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   462
LUG\'AT

XALQARO KONVENSIYALAR 
— xalqaro shartnoma turlaridan biri; 
davlatlarning, odatda, biron bir ixtisoslashgan sohada o‗zaro huquq va majburiyatlarini 
belgilaydi. Ko‗p tomonlama X.k. umumiy xarakterdagi normalarni o‗z ichiga oladi (mas., 
xalqaro gumanitar huquq bo‗yicha 1899 va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalari, 1949-


317 
yildagi Jeneva konvensiyalari). Aksariyat X.k. BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro 
tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
XALQARO KOOPERATIV ALYANSI

XKA
— milliy va mintaqaviy 
kooperativlar uyushmalari va kooperativ federatsiyalari (matlubot, kredit, q.x. va b.)ni 
birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. BMTda maslahat maqomiga ega. 1895-yilda Londonda 
tashkil etilgan. Asosiy maqsadi barcha mamlakatlarda kooperatsiyalar rivojlanishiga 
yordam berish, kooperativ harakat tamoyillarini targ‗ib etish, turli mamlakatlardagi 
kooperativ tashkilotlar o‗rtasida hamkorlik o‗rnatish, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga 
yordam berish va b. XKA BMTning bir qator organlari va ixtisoslashgan tashkilotlari 
bilan hamkorlik qiladi. XKA qoshida xalqaro yordamchi qo‗mitalar qishloq xo‗jaligi 
kooperatsiyalari, sug‗urta, kredit, uy-joy, matlubot savdosi, ishlab chiqarish va 
hunarmandchilik kooperativlari muammolarini o‗rganish bilan shug‗ullanadi. XKAning 
rahbar organlari – Kongress (3 – 4 yilda bir marta chaqiriladi), Markaziy qo‗mita (har yili 
chaqiriladi), Ijroiya qo‗mita (XKA Prezidenti va 2 vitse prezidenti va 13 a‘zodan iborat). 
Kundalik ishlarga direktor va sekretariat rahbarlik qiladi. Shtab kvartirasi Jenevada. 
1992-yil oktiyabrda O‗zbekiston XKA a‘zoligiga qabul qilingan. 
XALQARO MEHNAT TASHKILOTI (XMT)
BMTning ixtisoslashgan 
muassasasi. 1919-yilda Millatlar ligasi (ittifoqi) huzurida mehnat qonunlari va mehnat 
sharoitlarini yaxshilash masalalari bo‗yicha konvensiya va tavsiyalarni ishlab chiqish 
uchun xalqaro komissiya sifatida tuzilgan; X.m.t. 8 soatlik ish kuni, onalikni himoya 
qilish, bolalar mehnatiga oid qonunlar va ish o‗rinlarida xavfsizlikni ta‘minlash 
yuzasidan xalqaro me‘yorlar ishlab chiqilishiga, ish bilan bandlik dasturlarini 
tayyorlashga katta hissa qo‗shdi. X.m.t.ga 182 dan ortiq davlat a‘zo (2014). O‗zbekiston 
Respublikasi 1992-yil mart oyida X.m.t.ga a‘zo davlatlar tarkibiga kirgan. Hozirgi vaqtga 
qadar O‗zbekiston XMTning 13 Konvensiyasini (shu jumladan 8 ta asos soluvchi 
Konvensiyalarning 7 tasini) ratifikatsiya qildi. Bu tashkilot mehnat sharoitlarini 
muhofaza qilish va yaxshilash, ish bilan to‗liq bandlikni ta‘minlash va turmush darajasini 
ko‗tarish, tadbirkorlar va mehnatkashlar o‗rtasida hamkorlikni rag‗batlantirish choralarini 
ishlab chiqish uchun hukumatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlarni teng huquqlarda 
birlashtiradi. X.m.t. tarkibi Xalqaro mehnat konferensiyasi; ma‘muriy kengash; xalqaro 
mehnat byurosi; uch tomonlama qo‗mitalar; mintaqaviy va maxsus konferensiyalardan 
tashkil topgan. Qarorgohi Jenevada. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin