316
muvofiq, 1993–1994 -yilda Ruanda va Yugaslaviya bo‗yicha xalqaro tribunallar tashkil
etildi.
XALQARO HUQUQ
— xalqaro muloqotdagi davlatlararo va b.
qatnashuvchilar
(sub‘ektlar) o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsip va
normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda X.h. ob‘ekta o‗z mazmun-
moxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan
tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrog‗i,
davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. X.h.ning asosiy sub‘ektlari davlatlar hisoblanadi.
Ularning o‗zaro kelishuvi bilan vujudga keladigan X.h. normalari davlatlarning
kelishilgan irodasini ifoda etadi. X.h.ning o‗ziga xos xususiyati ana shundadir. Turli
xalqaro
shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar,
konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning
hujjatlari X.h.ning normativ bazasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: