Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə408/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   462
LUG\'AT

VITSE-QIROLLIKLAR
— XVI asrdan ispan mustamlakalarining mustaqillik 
uchun urushi (1810–1826-yillar) gacha bo‗lgan davrda Ispaniyaning Amerikadagi 


311 
mustamlakalarida vitse-qirollar (qirol hokimiyati vakillari) boshqaruvi ostida bo‗lgan 
ma‘muriy-hududiy birliklar.
VIZA
(ruxsatnoma, rozilik, imzo) — 1) davlatlararo munosabatlarda va 
diplomatiyada - davlatdan chiqib ketish, davlat hududiga kirib kelish yoki davlat hududi 
orqali tranzit o‗tib ketish uchun shaxsga ruxsat etilishi to‗g‗risida pasportga yoki uning 
o‗rniga o‗tadigan hujjatga qo‗yilgan belgi. V. muayyan muddatga beriladi. Davlatlar 
vizasiz kirib kelish va chiqib ketish haqida bir-birlari bilan kelishib olishlari mumkin. 
Chiqib ketish uchun V. odatda davlatning tashqi ishlar vazirligi tomonidan, kirib kelish 
yoki tranzit o‗tib ketish uchun tegishli davlatning boshqa davlatdagi konsullik muassasasi 
yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan beriladi. Shuningdek, diplomatik V. ham 
mavjud bo‗lib, bu pasportga qo‗yiladigan, shaxsning diplomatik maqomi e‘tirof etilishini 
bildiradigan belgidir. 2) Davlat va munitsipal organlar amaliyotida - ma‘muriyat 
bo‗linmasi rahbarining, deputatlar komissiyasi raisining, boshqa mas‘ul shaxsning hujjat 
loyihasiga qo‗yiladigan, ushbu matn qo‗llab-quvvatlanishini, unga rozilikni anglatuvchi 
imzosi. Hujjatning bunday shaxs tomonidan imzolanishini odatda rozilik bildirilishi deb 
ataydilar. 
VIZIT
(fr. 
visite 
- tashrif buyurish) — 1) Diplomatik vakilning o‗zi turgan 
mamlakatning rasmiy jamoat va ishga aloqasi bo‗lgan vakillari oldiga tashrif buyurishi. 
2) Davlat yoki hukumat boshlig‗ining chet mamlakatga rasmiy tashrifi. 
VOIZ 
(arab.) — jamoat oldida nutq so‗zlovchi, voizlik bilan shug‗ullanuvchi kishi, 
professional notiq. V.lar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati 
(chiroyli va ta‘sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o‗z zamonasi uchun yetakchi 
tillarni mukammal bilish va b.) ga ega bo‗lgan. Musulmon Sharqining yirik olimlari, din 
arbobi, adib va b. ko‗pincha yetuk V.lar ham bo‗lganlar.
VOLOST
(rus.) — Rossiyada uezd tarkibiga kirgan quyi ma‘muriy-hududiy 
bo‗linma. Turkistonda bo‗lis, vo‗lis deb yuritilgan. V. 1861-yilgacha Rossiya hududida 
davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida ma‘muriy-hududiy tuzilma sifatida 
tashkil qilingan. 1861-yilgi islohotdan so‗ng, Rossiyaning hamma qishloq joylarida V. 
quyi ma‘muriy-hududiy birlik bo‗lib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan so‗ng, 
Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) oblast, uezd, 
V.larga bo‗lingan. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli joylar 5 oblast, 27 uezd va 
603 V. ga bo‗lingan (1917). O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishi o‗tkazilgandan 
so‗ng (1925-yilda) O‗zbekiston hududida 241 V. bo‗lgan va 1926-yilgi iqtisodiy-
ma‘muriy hududlashtirishga qadar saqlanib turgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin