Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə404/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   462
LUG\'AT

VERBAL
(lot. 
verbalis
– so‗z orqali, og‗zaki) — siyosiy ishtirok shaxsning 
sub‘ektiv jihatiga bog‗liq emasligi. 
VERDIKT
(ingl. to‗g‗ri aytilgan) — qaror, hukm.
VERIFIKATSIYA
(lot. 
verus
- haqiqiy va 
facio
- bajaraman) — fanning nazariy 
qoidalarini kuzatilayotgan ob‘ektlar, hissiy ma‘lumotlar, eksperimentlarga taqqoslash 
yo‗li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash tushuniladi. V. qoidasi mantitsiy 
pozitivizmning asosiy tushunchalaridan bo‗lib, tajriba asosida bevosita tekshirib 
ko‗rilmagan ilmiy dalillarning bilish ahamiyatini inkor etadi. Hozirgi zamon mantiqqa 
oid uslubiy adabiyotlarda oddiy ―verifikatsionizm‖ga nisbatan keskin tanqidiy munosabat 
mavjud bo‗lib, V.ga ilmiy bilim rivojlanishining murakkab ziddiyatli jarayoni sifatida, 
bir-biri bilan kelishmaydigan nazariyalar va ularning tajribada olingan ma‘lumotlari 
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar natijasi sifatida qaralmoqda. Respondent xabar beradigan 
ma‘lumotlarning aniqligini o‗lchash uchun zarur dalillarni to‗plash, olish jarayonini 
ifodalaydi. 
VERMAXT
(nem. 
wehrmacht

wehr 
- qurol, mudofaa va 
macht
- kuch) — 1935 – 
1945-yillarda fashistlar Germaniyasi qurolli kuchlarining nomi. Ikkinchi jahon urushi 


307 
(1939-1945) arafasida V. hisobida 3 mln.ga yaqin harbiy bo‗lgan, 1943-yil dekabrida esa 
11 mln.ga yaqin harbiyni birlashtirgan. 
VERSAL SULH SHARTNOMASI 
— birinchi jahon urushi tugaganidan keyin 
g‗olib davlatlar bilan Germaniya o‗rtasida Versal shahrida imzolangan sulh shartnomasi 
(1919-yil 28-iyun). Unga binoan Germaniya ilgari bosib olgan anchagina hududlarni 
bo‗shatib berdi. Fransiya - Elzas va Lotaringiya viloyatlarini, Polsha ilgari o‗ziga tegishli 
bo‗lgan ayrim hududlarni qaytarib oldi, Germaniya yangidan tashkil topgan 
Chexoslavakiya, Avstriya, Polsha davlatlarining mustaqilligi va daxlsizligini tan oldi. 
Germaniyaning 100 ming kishidan ortiq armiyaga ega bo‗lishi va majburiy harbiy xizmat 
joriy etishi ta‘qiqlab qo‗yildi, u birinchi jahon urushining aybdori, deb topilib, zimmasiga 
Antanta davlatlariga 132 mlrd. marka kontributsiya (tovon) to‗lash majburiyati yuklandi. 
V.s.sh. Germaniya iqtisodiyoti ustidan g‗olib davlatlar nazoratini o‗rnatdi. Gitler 
hokimiyat tepasiga kelgach, V. s. sh.ni buza boshladi, unda ko‗rsatilgan harbiy 
majburiyatlarni bajarmasligini bildirdi (1935-yil 25-may). II jahon urushi boshlariga 
kelib V.s.sh. butunlay ahamiyatsiz bo‗lib qoldi. 
VERSIYA 
(lot. ko‗rinishini o‗zgartirish) — dalil, farazlar; voqeani bayon qilish 
yoki tushuntirishning bir-biridan farq qiladigan turi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin