306
mahkamasining muhim qismi. Asosiy vazifasi - iqtisodiyot muayyan tarmog‗iga,
ijtimoiy-madaniy qurilish va ma‘muriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, o‗ziga
topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini ta‘minlashdan iborat. V.lar
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa
oid barcha masalalarni o‗z huquqi doirasida hal etadi. V.ni hukumat tarkibiga kiradigan
vazir boshqaradi. O‗zbekistan Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini
tayinlaydi
va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning
tasdig‗iga kiritadi.
VECHE
— qadimgi va o‗rta asr Rus davlatidagi Xalq majlisi (X-XIV asrlar). Unda
muhim jamoat ishlari muhokama etilgan va hal qilingan. XI-XII asr ikinchi yarmida rus
shaharlarida knyaz hokimiyati susayishi munosabati bilan V.ning faoliyati kuchaygan. V.
urush va tinchlik masalalarini hal etgan, knyazlarni chaqirtirgan va haydagan,
qonunlar
qabul qilgan, boshqa mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan va b. Novgorod, Pskov va Vyatka
yerida XV asr oxiri - XVI asr boshlarigacha saqlanib qolgan.
VENA KONGRESSI
(1814-1815) — Napoleon I armiyasi tor-mor etilgach, g‗olib
davlatlar Vena sh.da o‗tkazgan anjuman. V.k.da Turkiyadan tashqari barcha Yevropa
davlatlari qatnashgan. Maqsad Napoleon I urushlari natijasida barham topgan
tartiblarni
va bir necha mamlakatlarda mustabid sulolalarni qayta tiklash, inqilobiy harakatlar
hamda yangi urushlarga yo‗l qo‗ymaslik, g‗olib davlatlarning hududiy da‘volarini
qondirish kabi masalalarni ko‗rib chiqishdan iborat edi. V.k.da Fransiyaning yangi
chegarasi tortishuvsiz belgilandi. uning uchun anchagina engil sulh shartnomasi tuzildi.
Avstriya, Angliya,
Ispaniya, Portugaliya, Prussiya, Rossiya, Fransiya,
Shvetsiya
yakunlovchi bosh hujjatga imzo chekishdi. Unga ko‗ra, Fransiya bosib olgan yerlaridan
ajraldi. Belgiya va Gollandiya Niderlandiyaga birlashtirildi, Shveysariya chegarasi
kengaytirilib, betaraf davlat deb e‘lon qilindi. Angliya
Gollandiya va Fransiya
mustamlakalarini o‗z tasarrufiga oldi. Polsha qirolligi Rossiyaga o‗tdi, german
davlatlaridan iborat German ittifoqi tuzildi, Avstriyaga Italiyaning talay hududlari olib
berildi va h.k.
Dostları ilə paylaş: