VAQTLI HUKUMAT — mamlakatda vaqtincha amaldagi boshqaruvni amalga
oririb turuvchi Muvaqqat hukumat.
VARAQA — ijtimoiy-siyosiy tashviqot vositalaridan biri. V.lar dastlab qo‗lda
yozilgan, keyinchalik bosma usulidan foydalanib tayyorlangan. Ular muayyan bir
maqsadni ko‗zlab chiqarilgan. Mas., II jahon urushi yillarida fashizmga qarshi
targ‗ibotda V. keng qo‗llangan. Keyingi yillarda V.dan saylov oldi tadbirlarida, bozor
iqtisodiyoti sharoitida reklama sifatida foydalaniladi. V.lar odamlar gavjum joylarda —
metro va b. shahar transporti bekatlarida, bozorlarda tarqatiladi. Gazeta va jurnallar,
radio, televideniya va b. axborot vositalari keng ommalashganligi bois ijtimoiy-siyosiy
maqsaddagi V.larga ehtiyoj tobora kamaymoqda.
VARNALAR (sanskritcha, sifat, rang) — qadimgi Hindistondagi to‗rt asosiy
tabaqa. Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan.
Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar V.ga mansub bo‗lib, ularning mavqei pastroq
hisoblangan. V.ga mansub bo‗lmaganlar aholining eng quyi, xo‗rlangan, huquqsiz
qismini tashkil etgan.
VARSHAVA SHARTNOMASI TASHKILOTI —
sobiq sotsialistik lager
davlatlari - Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi,
Ruminiya, SSSR va Chexoslavakiya, Polsha o‗rtasida 1955-yil 14-mayda Varshavada
Shimoliy Atlantika harbiy bloki (NATO)ga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. V.sh.t. o‗z
ustavida BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, yakka va jamoa bo‗lib, o‗z-o‗zini
himoya etish to‗g‗risidagi qoidaga asoslanib, V.sh.t.ga a‘zo davlatlar o‗rtasida do‗stlik,
hamkorlik va o‗zaro yordam ko‗rsatishni ko‗zda tutgan bo‗lsada, aslida sotsialistik
tuzumga xizmat qildi, xalqlar va millatlarning o‗z taqdirlarini o‗zlari belgilash
to‗g‗risidagi xalqaro huquq qoidasini qo‗pol ravishda buzdi. Bu Vengriya (1956-yil),
Chexoslavakiyadagi (1968-yil) qonli voqealarda yaqqol ko‗zga tashlandi. Shu bilan bir
qatorda V.sh.t.ga ―a‘zo-davlatlar teng huquqli bo‗lib, bir-birlarining ichki ishlariga
mutlaqo aralashmaydi‖, degan qoidaga ham rioya etilmadi. 1991-yil 1-iyulda V.sh.ga
a‘zo davlatlar – Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslavakiya
304
(V.sh.dan 1968-yil – Albaniya, 1990-yil – GDR chiqqan edi) ishtirokida Praga shahrida
Siyosiy maslahat komitetining kengashida V.sh.t.ni tugatish haqidagi bayonnoma
imzolandi va tashkilot tugatildi.