Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. 1 Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjat. 2 Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning ishtiroki. 3
Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.
Korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o`zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Aksariyat davlatlarda korrupsiya jinoyat sifatida qaraladi.
Korrupsiya - mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish Korrupsiya koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi).
2019 yil 09 yanvaridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni yuzasidan Markaz professor-oʼqituvchilari respublikamizning barcha mintaqalarida xizmat safarlarida boʼlishib aholi oʼrtasida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatorida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarda yuzdan ortiq maʼruzalar oʼtkazishdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zLiDePning dasturiy hujjatlarida, shu jumladan, Saylovoldi platformasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida ahamiyat berish hamda mansabdor shaxslar tomonidan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qonunda ko‘zda tutilgan huquqni qo‘llash amaliyotida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi bevosita qayd etilgan, bu esa ularning faoliyatida korrupsiya, byurokratizm va rasmiyatchilik holatlariga qarshi kurashishning ta’sirchan vositasi bo‘lib xizmat qiladi
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi - qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani yaʼni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, vaʼda qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;
Adabiyotlar:
1.Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati :nazariya va xorijiy tajriba 2.Bo’tayev U. jamiyat baqarorligi:O’zbekiston tajribasi.-T.:Fan va texnologiyalar.2017/11.9 b.t. 3.Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari T.:G’afur G’ulom.2017. 4.Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakillanishi.T.:Sharq 2003. 5.Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati:shakillanishi va rivojlanishi. T.:O’zbekiston,2010. http://hozir.org