Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə419/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   462
LUG\'AT

XALQARO VALYUTA FONDI
, XVF 
(IMF; International Monetary Fund
) — 
BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, a‘zo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga 
oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yil 22-iyulda Bretton Vuds (AQSH)da o‗tkazilgan 
xalqaro valyuta moliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda ta‘sis etilgan. 1947-yil 
mart oyidan o‗z faoliyatini boshlagan. 188 mamlakat a‘zo (2014). Shtab kvartirasi 
Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari 
bo‗yicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam ko‗rsatish; 
xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‗sishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; 
valyuta kurslarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta 


321 
devalvatsiyalarining oldini olish; ko‗p tomonlama to‗lovlar tizimini yaratishda va jahon 
savdosini rivojiga to‗siq qo‗yadigan valyuta almashtirish bilan bog‗liq cheklashlarni 
bartaraf etishda yordam ko‗rsatish; a‘zo mamlakatlarga o‗z to‗lov balanslarini tiklash
shuningdek, ularning xalqaro to‗lov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini 
qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablag‗lar berish. XVF jahon valyutalari 
monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar o‗rtasida tashkiliy to‗lov tizimi faoliyatiga 
yordam beradi, to‗lov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, o‗z 
valyutasining to‗liq konvertatsiyasiga erishmoqchi bo‗lgan mamlakatlarga qarz beradi. 
XVF kapitali a‘zo mamlakatlar to‗laydigan va ularning har biri uchun belgilangan 
kvotaga muvofiq badallar hisobidan tashkil topadi. XVFning rahbar organlari - 
Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qo‗mita. Boshqaruvchilar kengashi - oliy organ 
bo‗lib, har bir a‘zo mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va 
ularning o‗rinbosarlari (odatda, a‘zo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki 
boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yig‗iladi. Muvaqqat 
qo‗mita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat bo‗lib, bir yilda ikki marta yig‗iladi va 
Boshqaruvchilar kengashi oldida hisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya 
kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega bo‗lgan mamlakatlar tomonidan 
tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya 
kengash majlislari har haftada uch marta o‗tkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorni 
saylaydi. 1992-yil 27-aprelda O‗zbekiston XVF a‘zoligiga qabul qilindi va Toshkent 
shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin