XUFYONA IQTISODIYOT — jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan
taqsimot, ayriboshlash tovar-material boyliklarning iste‘mol va xizmat ko‗rsatish
sohalari. Davlat boshqaruv organlari va jamoatchilikdan yashiriladigan alohida fuqarolar,
ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi mulkchilikning mavjud shakllaridan g‗arazli ravishda o‗z
manfaati uchun shaxsiy yoki guruhlar manfaati uchun foydalaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar (o‗g‗irliklar, g‗arazli mansabdorlik va xo‗jalik jinoyatlari, narkobiznes,
qimor o‗yinlar, fohishabozlik, bosqinchilik, qaroqchilik, shaxsiy mulkni o‗marish, reket;
amaldagi ro‗yxatga olish tizimida va hisobotda real voqealik sifatida o‗z ifodasini topgan
faktik natijalar, iqtisodiy sub‘ektlar o‗rtasidagi shaxsiy munosabatlarda va ular
o‗rtasidagi bevosita aloqalarda va hokazolardagi ma‘lum bir asosga ega bo‗lgan
nofarmal o‗zaro harakatlar).
XUNTA (ispancha
junta - yig‗ilish, birlashma, majlis) — 1) hokimiyatni noqonuniy
qo‗lga kiritgan va diktatorlik usullari bilan boshqarayotgan fitnachilar guruhi; 2) ba‘zi bir
Lotin Amerikasi mamlakatlarida ijroiya hokimiyat organi; 3) Ispaniya, Italiya va Lotin
Amerikasi mamlakatlarida davlat to‗ntarishi yoki boshqa nokonstitutsion yo‗l bilan
hokimiyat tepasiga kelgan harbiy (aralash) guruhlar nomi. Mas., Lotin Amerikasidagi
Chilida harbiy to‗ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Avgusto Pinochetning
harbiy hukumati (1973-1989), Gretsiyadagi ―qora polkovniklar‖ diktaturasi (1967-1975).
XUSUSIY KLUBLAR — jamiyat siyosiy tizimida muhim ijtimoiy va siyosiy
funksiyalarni ado etadigan guruhlar turi. Ular o‗z qatorlarida yetakchi tadbirkorlarni,
bankirlarni,
taniqli
siyosiy
arboblarni, obro‗li
jurnalistlarni va
boshqalarni
birlashtiradilar. O‗zining xarakteriga ko‗ra yopiq hisoblangan, tanlangan va cheklangan
a‘zolarga ega bo‗lgan xususiy klublar jamiyatning yuqori, boy tabaqalarini
jipslashtirishga, ularning ijtimoiy - siyosiy qarashlari va tasavvurlarini shakllantirishga,
ularning elitaga xos bo‗lgan hissiyotlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga, ular uchun
muhim bo‗lgan siyosiy va boshqa qarorlarni birgalikda muhokama etishga qaratilgandir.
Ularni chinakamiga ―siyosiy hokimiyatning yopiq markazlari‖, o‗zining nooshkora
faoliyati bilan siyosiy hukmronlikni ta‘minlash uchun shart - sharoit yaratadigan noyob
muassasalar deb ataydilar.