330
safarbar etib tegishli pozitsiyalarga joylashtirgunga qadar,
kunlar yoxud oylar bilan
o‗lchanuvchi vaqt mobaynida g‗alabaga erishiladi. Germaniya bosh shtabining birinchi
va ikkinchi jahon urushlarida yashin tezligida muvaffaqiyatga
erishish rejalari barbod
bo‗lgan.
YER
— Avstriya va Germaniyadagi federativ birlik. Yer federasiya a‘zosi sifatida
o‗z konstitusiyasi va saylab qo‗yiladigan hokimiyat organi (landtag)ga ega.
YER TUZISH
— yer tuzish tartibi – mamlakatda yerga bo‗lgan munosabatlarni
tartibga
solish va mukammallashtirish, yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida muhofaza
qilish va undan samarali foydalanishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi.
YETAKCHI (O„T O„CHIRUVCHI
) —
eng dolzarb qaynoq ijtimoiy
muammolarga, davrning eng muhim talablariga mo‗ljal oladi. Uning harakatlari aniq
vaziyat bilan belgilanadi.
YETAKCHI (SAVDOGAR)
— o‗z g‗oya va rejalarini qiziqarli qilib taqdim etish,
fuqarolarni ularning afzalligiga ishontirish, bu g‗oyalarni ―sotib olish‖ga majbur qilish va
shuningdek, ularni amalga oshirishga ommani jalb etish qobilyati xarakterlidir.
YETAKCHI (SIYOSIY)
— xalq yoki biron ijtimoiy guruh manfaatlarini to‗la
ifodalovchi va himoya
qiluvchi, siyosiy arbobga zarur sifat, yig‗indisiga ega shaxs.
YETAKCHI (XIZMATCHI
) — doimo o‗z tarafdorlari va umuman saylovchilari
manfaatlarining ifodachisi rolida chiqadi. Ularning fikridan mo‗ljal
oladi va ularning
nomidan harakat qiladi.
YETAKCHILIK
— yo‗l boshlovchi, rahbar ma‘nosini beradi. Yetakchilik - boshqa
odamlarga ta‘sir o‗tkaza olish, ularni ma‘lum maqsadga erishish yo‗lida birlashtirish
qobiliyatidir.
Dostları ilə paylaş: